JIDUda “Zamonaviy xalqaro munosabatlarda falsafiy yondashuv” mavzusida mahorat darsi tashkil qilindi

JIDUda “Zamonaviy xalqaro munosabatlarda falsafiy yondashuv” mavzusida mahorat darsi tashkil qilindi

    JIDUda “Zamonaviy xalqaro munosabatlarda falsafiy yondashuv” mavzusida mahorat darsi tashkil qilindi

    JIDUda “Zamonaviy xalqaro munosabatlarda falsafiy yondashuv” mavzusida mahorat darsi tashkil qilindi

    Joriy yilning 13-may kuni Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti Xalqaro munosabatlar fakulteti 1-bosqich talabalari uchun “Zamonaviy xalqaro munosabatlarda falsafiy yondashuv” mavzusida mahorat darsi bo‘lib o‘tdi. Mahorat darsi “Siyosatshunoslik” kafedrasi o‘qituvchisi M. Abduraxmanova tomonidan tashkil etildi.

    Mahorat darsini o‘tkazish uchun O‘zbekiston Milliy universiteti professori, falsafa fanlari doktori Karimov Rahmat Raxmonovich taklif etildi.

    Ma’ruza davomida bugungi globallashuv davrida xalqaro munosabatlarni faqat siyosiy yoki iqtisodiy jihatdan emas, balki falsafiy nuqtayi nazardan ham tahlil qilish muhimligi ta’kidlandi. Xalqaro jarayonlarda inson qadri, tinchlik, adolat, madaniyatlararo muloqot va axloqiy masalalarning o‘rni haqida batafsil fikr yuritildi.

    Shuningdek, professor o‘z ma’ruzasida Sharq va G‘arb falsafasi namoyandalari hamda mashhur faylasuflarning qarashlariga alohida to‘xtalib o‘tdi. Jumladan, inson tafakkuri, jamiyat taraqqiyoti, davlat va adolat tushunchalari haqida qadimgi va zamonaviy faylasuflarning fikrlari misolida bugungi xalqaro munosabatlarning mazmun-mohiyati tahlil qilindi. Talabalarga falsafiy qarashlar asrlar davomida insoniyat tafakkurining shakllanishiga xizmat qilgani, hozirgi xalqaro siyosiy jarayonlarni tushunishda ham ushbu ilmiy meros muhim ahamiyat kasb etishi tushuntirildi.

    Professor Karimov ayniqsa falsafa insonni chuqur mushohada qilishga, voqealarga turli nuqtayi nazardan yondashishga va mustaqil xulosa chiqarishga o‘rgatishini ta’kidladi. U buyuk faylasuflarning ilmiy qarashlari bugungi kunda ham dolzarbligini yo‘qotmaganini, zamonaviy xalqaro munosabatlarda tinchlik, hamkorlik va insonparvarlik g‘oyalarini mustahkamlashda muhim o‘rin tutishini qayd etdi.

    Mahorat darsi davomida talabalar o‘zlarini qiziqtirgan savollar bilan faol ishtirok etib, mavzu yuzasidan fikr almashdilar. Tadbir yoshlarning ilmiy dunyoqarashini kengaytirish, ularning analitik va mantiqiy fikrlash salohiyatini rivojlantirishga xizmat qildi.