JIDU talabalari “Markaziy Osiyo Jessup yozgi maktabi”da ishtirok etdilar

    Joriy yilning 4–11-avgust kunlari Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti Xalqaro huquq fakultetining “Xalqaro huquq va ommaviy huquq fanlari” kafedrasi dotsenti Surayyo Usmanova rahbarligida Qozogʻiston Respublikasi Olmaota shahrida bo‘lib o‘tgan “Markaziy Osiyo Jessup yozgi maktabi”da faol ishtirok etdilar.

    Mazkur nufuzli yozgi maktab talabalarga xalqaro ommaviy huquq sohasida chuqur nazariy bilimlar va amaliy ko‘nikmalarni egallash imkonini yaratdi. Darslar davomida malakali mutaxassislar va amaliyotchilar tomonidan interaktiv mashg‘ulotlar tashkil etildi. Ushbu mashg‘ulotlar orqali talabalar xalqaro ommaviy huquqning muhim jihatlarini yanada chuqurroq anglab, ularni amaliyotga tatbiq etish bo‘yicha ko‘nikma hosil qildilar.

    Shuningdek, ishtirokchilar Xalqaro Jessup sud jarayoni musobaqasiga tayyorgarlik doirasida maxsus treninglarda qatnashdilar. Treninglar davomida ular notiqlik mahoratini oshirish, advokatlik ko‘nikmalarini rivojlantirish hamda sud simulyatsiyalarida qatnashish orqali bevosita amaliy tajriba orttirdilar.