
JIDUda davlat xavfsizligini ta’minlashning konstitutsiyaviy-huquqiy asoslariga bag‘ishlangan ma’ruza bo‘lib o‘tdi
JIDUda davlat xavfsizligini ta’minlashning konstitutsiyaviy-huquqiy asoslariga bag‘ishlangan ma’ruza bo‘lib o‘tdi

Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetida “Konstitutsiyaviy huquq” fani doirasida davlat xavfsizligini ta’minlashning konstitutsiyaviy-huquqiy asoslariga bag‘ishlangan ma’ruza bo‘lib o‘tdi.
Mazkur tadbir JIDU Xalqaro huquq va ommaviy-huquqiy fanlar kafedrasi dotsenti Israilova Zarina tomonidan tashkillashtirilib, unda O‘zbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati akademiyasi professor-o‘qituvchilari ishtirok etdilar.
Ma’ruza davomida davlat xavfsizligini ta’minlash tizimi, Davlat xavfsizlik xizmati faoliyatining huquqiy asoslari, qonuniylik va qonun ustuvorligini ta’minlash, shuningdek milliy xavfsizlikni mustahkamlashning dolzarb masalalari yuzasidan atroflicha fikr-mulohazalar bildirildi.
Tadbir ochiq muloqot va savol-javob shaklida o‘tkazilib, ishtirokchilar sohadagi nazariy va amaliy masalalar bo‘yicha fikr almashdilar.
Mazkur ma’ruza talabalarning konstitutsiyaviy huquq sohasidagi bilimlarini mustahkamlash hamda davlat xavfsizligiga oid huquqiy mexanizmlar haqidagi tasavvurlarini kengaytirishga xizmat qildi.




