
Yuksalish muhiti — talabalar farovonligi, ijtimoiy-psixologik qo‘llab-quvvatlash va shaxsiy rivojlanish
Yuksalish muhiti — talabalar farovonligi, ijtimoiy-psixologik qo‘llab-quvvatlash va shaxsiy rivojlanish

Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetida talabalar farovonligini mustahkamlash, ularni ijtimoiy-psixologik qo‘llab-quvvatlash, sog‘lom ijtimoiy munosabatlarni rivojlantirish hamda universitet hayotidagi faolligini oshirishga qaratilgan oylik doirasida kurslar kesimida turli psixoprofilaktik tadbirlar, interaktiv seminar-treninglar, tanlov va bellashuvlar tashkil etilmoqda.
Xususan, universitet psixologi N. Norova va kurs koordinatorlari hamkorligida talabalar o‘rtasida bellashuv va jamoaviy topshiriqlarga asoslangan seminar-trening mashg‘ulotlari o‘tkazildi.
Mashg‘ulotlar davomida talabalarning muloqot madaniyati, jamoada ishlash ko‘nikmalari, tashabbuskorligi, ijodiy va intellektual salohiyatini rivojlantirishga alohida e’tibor qaratildi. Psixologik farovonlikni mustahkamlash, ijobiy fikrlash, o‘zaro hurmat, hamkorlik va ijtimoiy mas’uliyatni rivojlantirishga qaratilgan interaktiv psixologik texnika va amaliy topshiriqlardan foydalanildi.
Bellashuvlar jarayonida talabalar o‘z bilimlari, ijodiy yondashuvlari va jamoaviy hamkorlik qobiliyatlarini namoyon etib, sog‘lom raqobat muhitida faol ishtirok etdilar. Jamoaviy topshiriqlar esa o‘zaro ishonch, birdamlik, hamkorlik va umumiy maqsad sari intilish ko‘nikmalarini mustahkamlashga xizmat qildi.
Tadbir yakunida faol ishtirok etgan hamda g‘oliblikni qo‘lga kiritgan talabalar kitob sovg‘alari va sertifikatlar bilan taqdirlandilar.
Mazkur tadbirlar talabalarning shaxsiy salohiyatini ro‘yobga chiqarish, ijtimoiy tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash, o‘zaro do‘stona munosabatlarni mustahkamlash, sog‘lom raqobat va jamoaviy birdamlik muhitini rivojlantirish orqali universitet hayotidagi faolligini oshirishga xizmat qiladi.
Talabalarni ijtimoiy-psixologik qo‘llab-quvvatlash, ularning farovonligi va shaxsiy rivojlanishini ta’minlashga qaratilgan bunday seminar-treninglar, interaktiv mashg‘ulotlar va bellashuvlar universitetda izchil davom ettirilmoqda.
Yuksalish muhiti — har bir talabaning salohiyati, tashabbusi va imkoniyatlarini ro‘yobga chiqarish, ularni yagona maqsad sari birlashtirishga xizmat qiluvchi rivojlanish muhitidir.
| Sana: | 15.11.2026 |
| Ko'rganlar soni: | 65 |
| Ulashish: |




