JIDU ECO Club jamoasi O‘zbekistonda birinchi marotaba daraxtlarni pasportlashtirish loyihasida ishtirok etdi

    2025-yil 30-noyabr kuni O‘zbekiston volontyorlar assotsiatsiyasi hamda O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya va iqlim o‘zgarishi bo‘yicha milliy qo‘mitasi hamkorligida “Daraxtlarni pasportlashtirish” loyihasining dastlabki bosqichi o‘tkazildi.

    Tadbir “Biz uchun daraxtlar qadrli — biz birgamiz” shiori ostida tashkil etildi.

    Tadbir Toshkent shahrining “Elbek” bog‘i hududida bo‘lib o‘tdi va unda mamlakatning turli hududlaridan kelgan 90 dan ortiq volontyor ishtirok etdi. Bir soat davom etgan amaliy faoliyat natijasida jami 2 305 ta daraxt raqamli pasport bilan ro‘yxatga olindi.

    Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti ECO Club jamoasi tomonidan 323 ta daraxt pasportlashtirildi. Ushbu ko‘rsatkich klub a’zolarining ekologik tashabbuslarda faol ishtirok etishini va mazkur yo‘nalishga nisbatan mas’uliyatli yondashuvini namoyish etdi.

    Tadbir yakunlariga ko‘ra eng yaxshi natijalarga erishgan jamoalar  esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi. Shuningdek, barcha volontyorlarga tadbirda ishtirok etganliklarini e’tirof etish maqsadida maxsus esdalik bilakuzuklari topshirildi.