
JIDUda bo‘lajak talaba-qizlar uchun tanishtiruv tadbiri tashkil etildi
JIDUda bo‘lajak talaba-qizlar uchun tanishtiruv tadbiri tashkil etildi

Joriy yilning 08-may kuni Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetida an’anaviy “Ochiq eshiklar kuni” doirasida xotin-qizlarning oliy ta’limdagi ishtirokini kengaytirish, ularning xalqaro munosabatlar, diplomatiya, iqtisodiyot, siyosatshunoslik va huquq sohalariga bo‘lgan qiziqishini oshirish maqsadida targ’ibot ishlari olib borildi .
Tadbirda Toshkent shahri, Toshkent viloyati hamda respublikaning boshqa hududlaridan kelgan 60 dan ortiq umumta’lim maktablarida, shuningdek, 17 ta akademik litseyda tahsil oluvchi xotin-qizlar, shuningdek, ularning ota-onalari va ta’lim muassasalari vakillari ishtirok etishdi.
Tadbir davomida universitet faoliyati, uning tuzilishi, shartlari, o'quv rejasi, erishilgan yutuqlar va istiqbolli rejalar haqida ma'lumot berildi. Fakultet dekanlari ta'lim dasturlari, o'qitish xususiyatlari va bitiruvchilarni ish bilan ta'minlash istiqbollari haqida gapirib berishdi. Shuningdek, ular bo'lajak talaba qizlarni qiziqtirgan barcha savollarga javob berishdi.
Tadbir davomida ishtirokchilarga JIDUda yaratilgan zamonaviy ta’lim muhiti, xalqaro almashinuv dasturlari, grant va stipendiya imkoniyatlari, xorijiy tillarni o‘rganish bo‘yicha sharoitlar hamda xotin-qizlar uchun yaratilgan qo‘llab-quvvatlash mexanizmlari haqida batafsil ma’lumot berildi.
Tadbir yosh xotin-qizlarning JIDUda ta’lim olish imkoniyatlari haqidagi xabardorligini oshirish, ularning xalqaro munosabatlar, diplomatiya, jahon iqtisodiyoti, huquq va siyosiy fanlar yo‘nalishlariga bo‘lgan qiziqishini kuchaytirish, liderlik salohiyatini rivojlantirish hamda universitetning respublika maktablari, akademik litseylar, kollejlar, davlat va jamoat tashkilotlari bilan xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash borasidagi hamkorligini yanada mustahkamlashga xizmat qildi. Mazkur tashabbus xotin-qizlarning oliy ta’limga qamrovini oshirish, gender tenglik tamoyillarini qo‘llab-quvvatlash hamda yosh ayollarning liderlik salohiyatini rivojlantirishga xizmat qiladi.
| Sana: | 09.05.2026 |
| Ko'rganlar soni: | 384 |
| Ulashish: |




