JIDU hamda Turkiyaning Burdur Mehmet Akif Ersoy universiteti o‘rtasidagi hamkorlik davom etmoqda

JIDU hamda Turkiyaning Burdur Mehmet Akif Ersoy universiteti o‘rtasidagi hamkorlik davom etmoqda

    JIDU hamda Turkiyaning Burdur Mehmet Akif Ersoy universiteti o‘rtasidagi hamkorlik davom etmoqda

    JIDU hamda Turkiyaning Burdur Mehmet Akif Ersoy universiteti o‘rtasidagi hamkorlik davom etmoqda

    Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti hamda Burdur Mehmet Akif Ersoy universiteti (MAKU) o‘rtasida 2024-yilda imzolangan ikki tomonlama hamkorlik shartnomasi doirasida universitetlararo ilmiy-pedagogik aloqalar ko‘lami kengayib bormoqda. Mazkur hamkorlikning amaliy ifodasi sifatida joriy yilning 7-9-may kunlari  JIDU vakillari Turkiyaning Burdur shahrida, MAKU mezbonligida o‘tkazilgan nufuzli IV Xalqaro “XXI asr ta'lim tadqiqotlari” konferensiyada JIDU O‘zbek va rus tillari kafedrasi dotsenti v.b., PhD Shaxnoza Xudaykulova hamda Yevropa va turkiy tillar kafedrasi o‘qituvchisi Muborak Madraximova o‘z ma’ruzasi bilan ishtirok etdi.

    Anjuman doirasida universitetimiz vakillari tomonidan taqdim etilgan axiolingvistika, madaniy diplomatiya va lisoniy qadriyatlarni asrash masalalariga bag‘ishlangan tadqiqot natijalari xalqaro ekspertlar e’tiborini tortdi. Xususan, tadqiqot doirasida til ta’limi jarayonida milliy kodlarning o‘rni hamda ularning globallashuv davridagi lisoniy transformatsiyasi atroflicha tahlil qilindi. Muloqot odobini raqamli makonda saqlab qolish va milliy o‘zlikni asrash bo‘yicha ilgari surilgan innovatsion yondashuvlar xalqaro akademik doiralar vakillarida katta qiziqish uyg‘otdi. Ushbu konseptual xulosalar zamonaviy madaniy diplomatiyada davlatlararo ishonchni mustahkamlovchi muhim vosita sifatida yuqori baholandi.

    Shuningdek, xizmat safari dasturining mantiqiy davomi sifatida Shaxnoza Xudaykulova MAKU Ta’lim fakulteti 3-kurs talabalari uchun “Til, adabiyot va qadriyatlar uyg‘unligi: madaniy diplomatiyaning yangi bosqichi” mavzusida mahorat darsi o‘tkazdi.  Mazkur mashg‘ulot MAKU professori Hakan Ulper bilan yaqin hamkorligida tashkil etildi. Ma’ruzada zamonaviy diplomatiyada tilning roli tobora ortib borayotgani, uning davlatlararo muloqotda o‘zaro ishonchni qaror topturuvchi eng samarali yumshoq kuch vositasi sifatidagi ahamiyati tahlil qilindi.

    Ushbu ilmiy-pedagogik tashrif doirasida amalga oshirilgan tadbirlar ikki qardosh universitet o‘rtasidagi ko‘p qirrali aloqalarni sifat jihatidan yangi bosqichga ko‘tarishga xizmat qiladi. Mazkur xalqaro muloqot nafaqat akademik almashinuv, balki madaniy-ma’rifiy diplomatiyaning amaliy maydoniga aylanib, kelajakda professor-o‘qituvchilarning kasbiy mahoratini oshirish hamda o‘zaro tajriba almashinuvini jadallashtirish uchun keng imkoniyatlar yaratadi. Ayniqsa, umumturkiy madaniy meros va lisoniy qadriyatlarni qiyosiy o‘rganish bo‘yicha qo‘shma ilmiy loyihalar hamda fundamental tadqiqotlarni yo‘lga qo‘yishda muhim hisoblanadi. Bunday tizimli hamkorlik kelajakda har ikki oliy ta’lim muassasasining xalqaro akademik hamjamiyatdagi nufuzini yanada mustahkamlashga va umumiy ilmiy maqsadlar yo‘lida birlashishiga xizmat qiladi.