
Shartnomani buzganlik uchun zararni qoplash huquqi boʻyicha mahorat darsi bo‘lib o‘tdi
Shartnomani buzganlik uchun zararni qoplash huquqi boʻyicha mahorat darsi bo‘lib o‘tdi

2026-yil 6-may kuni London King's College tijorat huquqi professori, taniqli ekspert Jaxongir Saidov tomonidan Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetining "Xalqaro arbitraj va nizolarni hal etish" yo’nalishi magistrlari uchun mahorat darsi oʻtkazildi.
Professor Saidov zarar tushunchasini, obroʻga yetkazilgan zararni undirish va imkoniyatni yoʻqotish masalalarini tushuntirdi. Shuningdek, u yuridik xarajatlarni undirishdagi yondashuvlarni, Xalqaro tovarlar savdosi shartnomalari toʻgʻrisidagi konventsiya (CISG) va UNIDROIT Xalqaro tijorat shartnomalari tamoyillariga asoslanib, oldindan koʻra bilish va yumshatishni oʻz ichiga olgan zararni cheklash usullarini bayon qildi.
Talabalar muhokama qilingan mavzularga katta qiziqish bildirdilar, zararni o’ndirish qonunchiligining amaliy jihatlari boʻyicha savollar berishdi va maʼruzachi tomonidan batafsil javoblar olishdi. Mahorat darsi Fuqarolik huquqi va xalqaro xususiy huquq fanlari kafedrasi mudiri Sherzodbek Masadikov tomonidan tashkil etildi va unda professor-oʻqituvchilar Dilfuza Imomova, Rushana Saʼdullayeva va Alisher Bobonazarov ishtirok etishdi.
Mahorat darsi akademik muloqotni rivojlantirishga, nazariya va amaliyot o'rtasidagi bog'liqlikni mustahkamlashga va ta'lim jarayonini takomillashtirishga katta hissa qo'shdi va BMTning Barqaror rivojlanish maqsadi 17 "Maqsadlar uchun hamkorlik", xususan, fan, texnologiya va innovatsiyalar sohasida xalqaro hamkorlikni rivojlantirish va ularni imkoniyatini kengaytirishga chaqiruvchi 17.6-maqsadga mos keladi.




