
JIDU vakili maktabda “Sog‘lom turmush tarzi” mavzusida SDGga yo‘naltirilgan ochiq dars o‘tkazdi
JIDU vakili maktabda “Sog‘lom turmush tarzi” mavzusida SDGga yo‘naltirilgan ochiq dars o‘tkazdi

Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetining O‘zbek va rus tillari kafedrasi o‘qituvchisi Ruhayo Abdumuminova tomonidan 12-son umumta’lim maktabida “Sog‘liq va sport” mavzusida ochiq dars (amaliy mashg‘ulot) tashkil etildi. Mazkur dars sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish va o‘quvchilarda ongli munosabatni shakllantirish orqali BMTning Barqaror rivojlanish maqsadlari ruhiga mos tarzda o‘tkazildi.
Mashg‘ulotning maqsadi o‘quvchilarda sog‘liqni asrash va mustahkamlashning ahamiyatini anglashni kuchaytirish, shuningdek amaliy mashqlar orqali mustahkamlashdan iborat bo‘ldi. Dars avvalida mavzu va maqsadlar tushuntirildi hamda sog‘liq va jismoniy faollikning kundalik hayotdagi roli bo‘yicha kirish suhbat o‘tkazildi.
Keyingi bosqichda sport va harakatning inson salomatligi hamda jamiyat farovonligidagi o‘rni muhokama qilindi. Asosiy qismda esa mavzuga oid til materiallari asosida amaliy mashqlar bajarildi: interaktiv suhbat, harakatli mashqlar, nutqiy topshiriqlar, juftlik va guruhlarda ishlash usullari qo‘llanildi. Yakunda o‘quvchilar refleksiya qilib, sog‘lom turmush uchun kundalik foydali odatlar haqida xulosa chiqardilar va o‘z faolligi hamda o‘rgangan bilimlarini baholadilar.
| Sana: | 15.01.2025 |
| Ko'rganlar soni: | 27 |
| Ulashish: |




