
JIDUda psixologik trening tashkil etildi
JIDUda psixologik trening tashkil etildi

Joriy yilning 3-aprel kuni Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetida psixolog N. Norova hamda kurs koordinatori hamkorligida “Ijtimoiy faollik – ruhiy barqarorlik – strategik maqsad” va “Psixologik jarayonlarni boshqarish va psixologik immunitet” mavzularida psixologik trening tashkil etildi.
Trening davomida talabalarning ijtimoiy faolligini oshirish, o‘zini anglash, emotsional barqarorlik, stressni boshqarish va ichki salohiyatni rivojlantirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi. Maqsad qo‘yish va yuksak natijalarga erishish yo‘llari yuzasidan tavsiyalar berildi.
Mashg‘ulot jarayonida qiziqarli va amaliy mashqlar, interaktiv topshiriqlar hamda jamoaviy muhokamalar orqali ishtirokchilarning faolligi ta’minlandi.
Trening talabalar tomonidan katta qiziqish bilan qabul qilinib, ularning ruhiy holatini mustahkamlash, ijobiy fikrlash va shaxsiy rivojlanishga bo‘lgan intilishini kuchaytirishga xizmat qildi.
| Sana: | 03.04.2026 |
| Ko'rganlar soni: | 36 |
| Ulashish: |




