JIDUda adabiy kecha bo‘lib o‘tdi

JIDUda adabiy kecha bo‘lib o‘tdi

    JIDUda adabiy kecha bo‘lib o‘tdi

    JIDUda adabiy kecha bo‘lib o‘tdi

    Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetida o‘zbek va rus tillari kafedrasi qoshidagi “Niqob” talabalar to‘garagi a’zolarining faol ishtirokida adabiy kecha bo‘lib o‘tdi. Xalqaro munosabatlar va Xalqaro iqtisodiy munosabatlar fakultetlaridan 20 ga yaqin talaba a’zo bo‘lgan ushbu to‘garak til o‘rganishda adabiyot samarali vosita ekanligining tasdig‘idir. Adabiy kechada namoyish etilgan A.P. Chexovning “Olchazor” pyesasi to‘garak faoliyatining natijasi bo‘ldi. Asarning sahnaviy talqini talabalarning yuqori ijro mahoratini hamda notiqlik ko‘nikmalarini egallashga bo‘lgan chinakam ishtiyoqini namoyon etdi.

    Kechaning ikkinchi qismida kitobxonlik musobaqasi o‘tkazildi. Ishtirokchilar rus adabiyoti klassiklari va zamonaviy mualliflarning asarlari asosida tayyorlangan taqdimotlari bilan chiqish qildilar va badiiy o‘qish mahoratida bellashdilar. Tadbir so‘ngida g‘olib ishtirokchilar esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandilar.

    “JIDUda adabiy kecha” shoirona ruhda va xush kayfiyatda o‘tdi hamda ishtirokchilar va tomoshabinlarda chuqur taassurot qoldirdi.