Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetida “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida hashar o ‘tkazildi

Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetida “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida hashar o ‘tkazildi

    Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetida “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida hashar o ‘tkazildi

    Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetida “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida hashar o ‘tkazildi

    2026-yil 30-aprel kuni Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Yashil makon” umummilliy loyihasi samaradorligini yanada oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisidagi PF-47-sonli Farmoni qabul qilindi. Mazkur farmonga muvofiq, respublikamizda yashil maydonlarni kengaytirish, botanika va dendrologiya bogʻlarini tashkil etish hamda mavjud yashil hududlarni samarali boshqarish tizimi orqali ularni asrab-avaylash ustuvor vazifa etib belgilandi. Shuningdek, har bir hududda mahalliy iqlim sharoitiga mos koʻchatlarni ilmiy asosda yetishtirish tizimini rivojlantirishga alohida e’tibor qaratildi.

    Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti jamoasi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev tomonidan ilgari surilgan “Yashil makon” umummilliy loyihasini faol qo‘llab-quvvatlagan holda, universitet hududini ko‘kalamzorlashtirish ishlarini tizimli amalga oshirmoqda. Xususan, joriy yilning 30-aprel kuni O‘zbek va rus tillari kafedrasi tomonidan “Yaxshidan bog‘ qolar” shiori ostida hashar tadbiri tashkil etildi. Mazkur xayrli tashabbus doirasida ko‘chat ekishdek savobli ishga kafedraning barcha professor-o‘qituvchilari, hamkor mahalla faollari hamda keng jamoatchilik vakillari hamjihatlik bilan hissa qo‘shdilar.

    Ushbu tadbirdan ko‘zlangan asosiy maqsad nafaqat universitet hovlisini obodonlashtirish, balki yoshlar qalbida tabiatga mehr uyg‘otish va ularni atrof-muhitni asrab-avaylash ruhida tarbiyalashdan iboratdir. Birinchi kurs talabalarining o‘zi ta’lim olayotgan dargohga ekayotgan har bir niholi kelajakda yurtimiz iqlimini mo‘tadil saqlashga va tabiatni asrashga xizmat qiladi.

    Daraxt ekish - shunchaki an’ana emas, balki tabiatni asrash va kelajak avlod salomatligi uchun qo‘yilgan muhim poydevordir. Binobarin, har bir ekilgan nihol havoni tozalashga va shaharlarimizda mo‘tadil mikroiqlimni saqlashga xizmat qiladi. Ta’kidlash joizki, “Yashil makon” loyihasi BMT Bosh Assambleyasining Barqaror rivojlanish maqsadlari bilan hamohang bo‘lib, inson va tabiat o‘rtasidagi muvozanatni tiklashga qaratilgan. Zero, yashayotgan hududimizni obod va yashil maskanga aylantirish har birimizning milliy va ma’naviy qadriyatlarimizga bo‘lgan sadoqatimiz ifodasidir.

    Universitetimiz va mahallalarimizda barpo etilayotgan ushbu yangi yashil maskanlar nafaqat hududimiz ko‘rkiga ko‘rk bag‘ishlaydi, balki yurtimiz iqlimini mo‘tadil saqlashga, tabiatni asrash va xalqimiz farovonligini ta’minlashga munosib xizmat qiladi.