
JIDU talabalari CBU Challenge tanlovining final bosqichida
JIDU talabalari CBU Challenge tanlovining final bosqichida

O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan ilk bor tashkil etilgan makroiqtisodiy intellektual tanlov — CBU Challenge mamlakat miqyosida katta qiziqish uyg‘otdi.
Mazkur tanlovda jami 135 ta jamoa ishtirok etdi va kuchli raqobat muhitida o‘z bilim hamda tahliliy ko‘nikmalarini namoyish etdi.
Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti (JIDU) sharafini himoya qilgan “Thinknomics” va “Hawks&Doves” jamoalari Top-10 talikka kirib, tanlovning final bosqichida ishtirok etmoqda.
Ushbu natija talabalarimizning yuqori darajadagi makroiqtisodiy bilimlari, analitik fikrlashi va amaliy yondashuvini tasdiqlaydi.
Mazkur tanlov ilk bor tashkil etilgan bo‘lib, yosh iqtisodchilar uchun muhim tajriba va professional rivojlanish platformasi hisoblanadi.



