JIDU rektori Kipr Respublikasining elchisi bilan uchrashuv o‘tkazdi

JIDU rektori Kipr Respublikasining elchisi bilan uchrashuv o‘tkazdi

    JIDU rektori Kipr Respublikasining elchisi bilan uchrashuv o‘tkazdi

    JIDU rektori Kipr Respublikasining elchisi bilan uchrashuv o‘tkazdi

    Oliy Majlis Senati Raisining birinchi o‘rinbosari, Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti rektori Sodiq Safoyev Kipr Respublikasining O‘zbekistondagi Favqulodda va Muxtor Elchisi Kipros Yorgallis bilan uchrashuv o‘tkazdi.

    Uchrashuv davomida O‘zbekiston va Kipr o‘rtasidagi ikki tomonlama munosabatlarni izchil rivojlantirish, parlamentlararo muloqotni yana-da faollashtirish, shuningdek, taʼlim, ilm-fan, tahlil markazlari va akademik almashinuv sohalarida hamkorlikni kengaytirish masalalari atroflicha muhokama qilindi.

    Tomonlar oliy taʼlim muassasalari o‘rtasidagi institutsional hamkorlikni rivojlantirish, jumladan, talabalar va professor-o‘qituvchilar almashinuvini kengaytirish, qo‘shma taʼlim dasturlari va ilmiy-tadqiqot loyihalarini amalga oshirish, shuningdek, Erasmus+ kabi Yevropa akademik dasturlari doirasida hamkorlikni yo‘lga qo‘yish imkoniyatlarini ko‘rib chiqdilar.

    Uchrashuv yakunida tomonlar parlamentlararo, taʼlim va ilmiy sohalardagi hamkorlikni izchil rivojlantirish, mavjud imkoniyatlardan samarali foydalanish hamda o‘zaro manfaatli tashabbuslarni qo‘llab-quvvatlashga tayyor ekanliklarini tasdiqladilar.