“Kelajak shahri: iqlim muammosi” interaktiv tadbiri

“Kelajak shahri: iqlim muammosi” interaktiv tadbiri

    “Kelajak shahri: iqlim muammosi” interaktiv tadbiri

    “Kelajak shahri: iqlim muammosi” interaktiv tadbiri

    2025-yil dekabr oyida Jahon iqtisodiyoti va diplomztiya universiteti Sharq tillari kafedrasi “Kelajak shahri: iqlim chaqirig‘I” nomli interaktiv tadbir tashkil etdi.

    Tadbirda Toshkent shahridagi Winners umumta’lim maktabining koreys va xitoy tillari o‘qituvchilari hamda o‘quvchilari ishtirok etdilar.

    Tadbir chiqindilarni utilizatsiya qilish madaniyatini oshirish, shahardagi yashil hududlarni saqlash va atrof-muhitga salbiy ta’sirni kamaytirishga qaratilgan edi.

    Tadbir davomida o‘qituvchilar tinglovchilarni Koreya, Xitoy va Yaponiya kabi mamlakatlarning maishiy chiqindilarni saralash tajribasi bilan tanishtirishdi. 3-4-sinf o‘quvchilari bilan birgalikda maktab atrofidagi hududda tozalash ishlari o‘tkazildi. Maktab o‘quvchilari taqdimot davomida olgan chiqindilarni saralash ko‘nikmalarini amalda qo‘llash imkoniyatiga ega bo‘ldilar.

    Tadbir yakunida shahar axlatxonalariga yukni kamaytirish maqsadida plastik va kartondan maktab yoki uy uchun foydali buyumlar yasash bo‘yicha mahorat darsi o‘tkazildi. Bu orqali plastmassaning atrof-muhitga salbiy ta’siri kamaytiriladi.