
JIDU professor-o‘qituvchilari “Barqaror rivojlanish uchun hamkorlik: Yashil. Raqamli. Smart” xalqaro forumida ishtirok etishdi
JIDU professor-o‘qituvchilari “Barqaror rivojlanish uchun hamkorlik: Yashil. Raqamli. Smart” xalqaro forumida ishtirok etishdi

2026-yilning 14-18-aprel kunlari Dushanbe shahrida barqaror rivojlanish, yashil iqtisodiyot, sun’iy intellekt, raqamli texnologiyalar, suv resurslarini boshqarish va atrof-muhitni muhofaza qilish sohalaridagi xalqaro tashabbuslariga bag‘ishlangan “Barqaror rivojlanish uchun hamkorlik: YASHIL. RAQAMLI. SMART” xalqaro forumi bo‘lib o‘tdi.
Forum dasturi doirasida xalqaro ilmiy va amaliy konferensiyalar, yoshlar ekologik forumi, biznes-forum, ilmiy va innovatsion loyihalar ko‘rgazmasi va boshqa tadbirlar o‘tkazildi. Forumda ilmiy institutlar, xalqaro tashkilotlar, diplomatik missiyalar, tadqiqot markazlari, biznes va ommaviy axborot vositalari rahbarlari va Braziliya, Hindiston, Germaniya, Malayziya, Bangladesh, Qozog‘iston va boshqa mamlakatlar vakillari ishtirok etishdi.
Forum doirasida “Barqaror rivojlanish, raqamlashtirish va sun’iy intellekt uchun huquqiy asoslarning zamonaviy tendensiyalari” mavzusiga bag‘ishlangan konferensiya bo‘lib o‘tdi. Konferensiya jamiyatning raqamli transformatsiyasi jarayonlarini ilmiy tushunish va ijtimoiy munosabatlarning mohiyatini sezilarli darajada o‘zgartirayotgan va huquqiy tartibga solish mexanizmlarini takomillashtirishni talab qiladigan sun’iy intellekt texnologiyalarini faol joriy etish zaruratiga e’tibor qaratilib, barqaror rivojlanishni ta’minlash, inson huquqlari va erkinliklarini himoya qilish, axborot xavfsizligi, milliy qonunchilikni raqamlashtirish va sun’iy intellekt sohasidagi xalqaro standartlar bilan uyg‘unlashtirish masalalari muhokama qilindi.
Jahon iqtisodiyoti diplomatiya universiteti “Xalqaro huquq va ommaviy huquq fanlari” professor-o‘qituvchilari N.A.Nugmanov “Xalqaro miqyosda sun’iy intellektni huquqiy tartibga solish muammolari va istiqbollari” va V.N.Sayfullayeva “Markaziy Osiyoda sun’iy intellektni xalqaro huquqiy tartibga solish” mavzusida taqdimotlar bilan ishtirok etishdi.
Forum xalqaro ta’lim muassasalari o‘rtasida sheriklik va konstruktiv hamkorlikni kengaytirish uchun yangi platforma yaratadi.




