
JIDU professor-o‘qituvchilari va talabalari ekologik aksiyasida ishtirok etdi
JIDU professor-o‘qituvchilari va talabalari ekologik aksiyasida ishtirok etdi

2026 yil 25-aprel kuni Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti “Yevropa va turkiy tillar” kaferdrasi a’zolari N.K. Xayrullayeva, M.B. Sadilova, X.Sh. Xodjayevalar hamda Xalqaro iqtisodiyot va menejment fakultetining 3-kurs talabalari “Medioambiente” (Atrof muhit) mavzusini o‘rganish jarayonida ekologik aksiya tashkil etdilar.
Aksiya “Bo‘stonliq tumani” hududlaridan birida amalga oshirildi. Talabalar bu jarayonda faol ishtirok etib, chiqindilarni yig‘ish va hududni tozalash ishlarini amalga oshirdilar.
Tashabbus davomida asosiy e’tibor SDG 13 — iqlim o‘zgarishiga qarshi kurash hamda SDG 15 — quruqlikdagi hayotni asrash yo‘nalishlariga qaratildi. Ushbu maqsadlar doirasida atrof-muhitni toza saqlash, chiqindilarni kamaytirish va tabiatga ehtiyotkor munosabatda bo‘lish kabi oddiy, lekin muhim masalalar muhokama qilindi. Atrof-muhitni toza saqlash har bir insonning kundalik mas’uliyati ekanini ko’rdilar. Mazkur aksiya kichik bo‘lsa-da, umumiy ekologik muhitni yaxshilashga qaratilgan muhim qadam sifatida baholanadi.
Mazkur faoliyat talabalarning ekologik madaniyatini oshirish va ijtimoiy mas’uliyatini mustahkamlashga xizmat qiladi.



