JIDUda intellektual mulkni tartibga solishning xalqaro xususiy huquqqa doir masalalari muhokama etildi

JIDUda intellektual mulkni tartibga solishning xalqaro xususiy huquqqa doir masalalari muhokama etildi

    JIDUda intellektual mulkni tartibga solishning xalqaro xususiy huquqqa doir masalalari muhokama etildi

    JIDUda intellektual mulkni tartibga solishning xalqaro xususiy huquqqa doir masalalari muhokama etildi

    Joriy yilning 19-mart kuni Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetida huquqshunoslikning eng dolzarb yo‘nalishlaridan biri – “Xalqaro xususiy huquqda intellectual mulk obyektlarini tartibga solish masalalari” mavzusiga bag‘ishlangan mahorat darsi bo‘lib o‘tdi. Mazkur tadbir talabalarning nazariy bilimlarini real huquqiy keyslar bilan boyitish, sohadagi zamonaviy tendensiyalarni tahlil qilish maqsadida “Fuqarolik huquqi va xalqaro xususiy huquq fanlari” kafedrasi o‘qituvchisi Alisher Bobonazarov va Amerikaning Illinois Urbana-Shempeyn universiteti bitiruvchisi, Akademik sifatni ta’minlash va standartlashtirish ofisi bosh mutaxassisi Humoyunmirzo Eshboyev tomonidan olib borildi .

    Tadbirda o‘qituvchilar bilan bir qatorda, “Xalqaro huquq” fakultetining 3-kurs talabalari faol qatnashib, sohadagi nozik huquqiy jihatlar yuzasidan o‘zaro fikr almashdilar.Mashg‘ulot davomida Xalqaro xususiy huquq doirasida Intellektual mulk obyektlarini tartibga solishda qo‘llaniladigan taribga solish mexanizmlari, va umumiy xalqaro xususiy huquq doktrinalari haqida so‘z yuritildi.

    Shuningdek, chegaralararo munosabatlarda intellektual mulkni tartibga solishda muhim ahamiyat kasb etadigan sud amaliyoti va tegishli e’tiborga sazovor keyslar misollari asosida tahlil etildi.

    Tadbir yakunida BRMning 16.3-bandi – “Qonun ustuvorligini ta’minlash va odil sudlov imkoniyatlarini kengaytirish” tamoyillari xalqaro xususiy huquqda turli sohalarni, jumladan intellektual mulk obyektlarni ham tartibga solishni uyg‘unlashtirishda qanchalik uzviy bog‘liqligi xususida xulosalar qilindi. Bu kabi mahorat darslari bo‘lajak mutaxassislarda huquqiy ongni yuksaltirishga hamda nazariya va amaliyotning mustahkam integratsiyasini ta’minlashga xizmat qilishi shubhasizdir.