
JIDU professori TDTU Chirchiq filialida raqamli tibbiy ta’lim va sun’iy intellekt mavzusidagi konferensiyada ma’ruza qildi
JIDU professori TDTU Chirchiq filialida raqamli tibbiy ta’lim va sun’iy intellekt mavzusidagi konferensiyada ma’ruza qildi

2026-yil 8-yanvar kuni Toshkent davlat tibbiyot universiteti Chirchiq filialida “Raqamli tibbiy ta’lim: sun’iy intellektning tibbiy ta’lim jarayonidagi o‘rni va samaradorligi, muammo va yechimlar” mavzusida o‘quv-uslubiy konferensiya bo‘lib o‘tdi.
Mazkur tadbir doirasida Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti Siyosatshunoslik kafedrasi professori, siyosiy fanlar doktori Qodir Asadovich Jo‘rayev “Shavkat Mirziyoyevning Oliy Majlis va xalqiga Murojaatnomasi hamda tashqi siyosat sohasidagi vazifalar” mavzusida ma’ruza bilan ishtirok etdi. Ma’ruzada Murojaatnomaning mazmun-mohiyati, ustuvor yo‘nalishlar va tashqi siyosat bo‘yicha vazifalar yuzasidan batafsil tushuntirishlar berildi.
Bunday hamkorlikdagi ilmiy-muloqot tadbirlari raqamli ta’lim va innovatsion yondashuvlarni kuchaytirish, sog‘liqni saqlash tizimi uchun bilim almashinuvi va salohiyatni oshirishga xizmat қилади hamda barqaror rivojlanish kun tartibidagi ta’lim–sog‘liq–hamkorlik yo‘nalishlari bilan uyg‘un hisoblanadi.
| Sana: | 08.01.2026 |
| Ko'rganlar soni: | 98 |
| Ulashish: |




