JIDU talabalari 2025-2026 o‘quv yilining bahorgi semestrida xalqaro akademik mobillik dasturlarida ishtirok etmoqdalar

JIDU talabalari 2025-2026 o‘quv yilining bahorgi semestrida xalqaro akademik mobillik dasturlarida ishtirok etmoqdalar

    JIDU talabalari 2025-2026 o‘quv yilining bahorgi semestrida xalqaro akademik mobillik dasturlarida ishtirok etmoqdalar

    JIDU talabalari 2025-2026 o‘quv yilining bahorgi semestrida xalqaro akademik mobillik dasturlarida ishtirok etmoqdalar

    Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti xalqaro akademik hamkorlikni izchil rivojlantirish va o‘z talabalari uchun imkoniyatlarni kengaytirishni davom ettirmoqda. Ta’limni xalqarolashtirish siyosati doirasida 2025-2026 o‘quv yilining bahorgi semestrida tanlovdan muvaffaqiyatli o‘tgan JIDU talabalari bir semestr muddatda xalqaro akademik mobillik dasturlarida ishtirok etadilar.

    Ayni paytda JIDU talabalari xorijiy universitetlarda ta’lim olib, O‘zbekiston va JIDU sharafini munosib himoya qilmoqda. AQSHning Missuri universiteti, Italiyaning Bolonya universiteti, Yaponiyaning Vaseda universiteti, Saytama universiteti, Xitotsubasi universiteti va Nagoya universiteti, Rossiyaning Oliy iqtisodiyot maktabi va Sankt-Peterburg davlat universiteti, Turkiyaning Rejep Tayyip Erdog‘an universiteti va Ibn Xaldun universiteti, Ozarbayjonning ADA universiteti va Janubiy Koreyaning Xankuk chet tillari universiteti kabi yetakchi ta’lim muassasalari mezbonlik qilmoqda.

    Akademik mobillik dasturlarida ishtirok etish talabalarga nafaqat xorijda o‘qishni davom ettirish, balki qimmatli xalqaro tajriba orttirish imkoniyatini ham beradi. Talabalar yangi ta’lim yondashuvlari bilan tanishadilar, ilmiy-tadqiqot ishlarida ishtirok etadilar, akademik va kasbiy ko‘nikmalarini rivojlantiradilar, shuningdek, mezbon mamlakatlarning madaniy muhitiga sho‘ng‘iydilar. Bunday tajriba global tafakkurning shakllanishiga va madaniyatlararo hamkorlikning mustahkamlanishiga xizmat qiladi.

    Akademik mobillik dasturlarida ishtirok etish JIDU talabalarining kasbiy va shaxsiy rivojlanishida muhim bosqich bo‘lishiga ishonamiz. Olingan bilim va ko‘nikmalar ularning kelajakdagi kasb yo‘li va xalqaro loyihalarda ishtirok etishi uchun mustahkam asos bo‘lib xizmat qiladi.

    Talabalarimizga hamkor universitetlarda muvaffaqiyatli o‘qish, yorqin taassurotlar va samarali natijalar tilaymiz.