JIDU dotsenti xalqaro ilmiy anjumanda ishtirok etdi

JIDU dotsenti xalqaro ilmiy anjumanda ishtirok etdi

    JIDU dotsenti xalqaro ilmiy anjumanda ishtirok etdi

    JIDU dotsenti xalqaro ilmiy anjumanda ishtirok etdi

    Joriy yilning 18-aprel kuni VI Respublika Kitobxonlik haftaligi doirasida Toshkent viloyati “TURON” axborot-kutubxona markazi, Turon Fanlar Akademiyasi, uning O‘rtaturk tili xalqaro ilmiy-tadqiqot instituti hamda P. Benkov nomidagi Respublika rassomlik maktabi bilan hamkorlikda “Ismoil Gaspirali merosi va hozirgi zamon” mavzusida xalqaro ilmiy anjuman tashkil etildi.

    Anjuman doirasida Markaziy Osiyoning ko‘plab taniqli tarixchi olimlari qatorida “Siyosatsunoslik” kafedrasi v.b.dotsenti Muslimbek Alijonov ham “Ismoil Gaspirali va uning “Islom sivilizatsiyasi” asari to‘g‘risida nomli ma’ruzasi bilan ishtirok etdi.

    Shubhasiz, bunday xalqaro darajadagi ilmiy anjumanlar ilm-fan rivojiga, tarixiy merosni chuqur o‘rganishga hamda yosh avlodning ma’naviy-ma’rifiy dunyoqarashini boyitishga xizmat qiladi.