JIDUda O‘zbekistonda intellektual mulk huquqlarini davlat tomonidan tartibga solish masalalariga bag‘ishlangan mahorat darsi o‘tkazildi

    2026-yil 26-oktabr kuni Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetida Xalqaro huquq fakulteti talabalari uchun “O‘zbekistonda intellektual mulk huquqlarini davlat tomonidan tartibga solish” mavzusida mahorat darsi bo‘lib o‘tdi. Mahorat darsini Adliya vazirligi Intellektual mulkni ro‘yxatga olish va rivojlantirish boshqarmasi bosh maslahatchisi Sanjarbek Tursunov olib bordi.

    Tadbir davomida intellektual mulk sohasida davlat tomonidan tartibga solishning ahamiyati, vakolatli davlat organlarining o‘rni hamda intellektual mulk obyektlarini ro‘yxatga olish va huquqiy muhofaza qilish bilan bog‘liq masalalarga e’tibor qaratildi.

    Mazkur tadbir talabalarning intellektual mulk sohasidagi huquqiy bilimlarini kengaytirish, O‘zbekistonda ushbu sohani davlat tomonidan tartibga solish mexanizmlari hamda intellektual mulk huquqlarini himoya qilishning amaliy jihatlarini o‘rganish maqsadida “Fuqarolik huquqi va xalqaro xususiy huquq” kafedrasi o‘qituvchisi Solixa Abduraximova tomonidan tashkil etildi.

    Mazkur mahorat darsi Barqaror rivojlanish maqsadlari, xususan, 9-maqsad — “Sanoat, innovatsiyalar va infratuzilma” hamda 16-maqsad — “Tinchlik, adolat va samarali institutlar” bilan hamohangdir. Tadbir intellektual mulk huquqlarini himoya qilish, samarali huquqiy institutlarni rivojlantirish va innovatsiyalar uchun qulay muhit yaratish masalalarining ahamiyatini yanada chuqurroq anglashga xizmat qildi.