
JIDUda Italiyalik professor Vinchenso Santoro bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi
JIDUda Italiyalik professor Vinchenso Santoro bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi

Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti Yevropa va turkiy tillar kafedrasida Italiyalik professor Vincenzo Santoro bilan hamkorlikni mustahkamlashga qaratilgan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Uchrashuv davomida professor Santoro o‘zining ilmiy va pedagogik faoliyati, xorijda italyan tilini o‘qitish tajribasi hamda zamonaviy til o‘rgatish metodikalari haqida atroflicha ma’lumot berdi. Shuningdek, u tomonidan Yevropa va turkiy tillar kafedrasiga bir qator ilmiy adabiyotlar sovg‘a qilindi.
Tadbir interaktiv ruhda tashkil etilib, talabalar professor bilan bevosita muloqot qilish, o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob olish imkoniga ega bo‘ldilar. Savol-javoblar jarayonida Italiya ta’lim tizimi, xorijiy tillarni o‘rganishning samarali usullari hamda madaniy aloqalarni rivojlantirish masalalari muhokama qilindi. Uchrashuvda kafedra mudiri V.A. Mamatkasimova boshchiligida professor-o‘qituvchilar - Marco Brignone, M. Madraximova va Z. Pardayeva ham faol ishtirok etdilar.
| Sana: | 21.04.2026 |
| Ko'rganlar soni: | 65 |
| Ulashish: |




