
Navro‘z madaniyatiga sho‘ng‘ish orqali forsiy nutq ko‘nikmalarini takomillashtirish
Navro‘z madaniyatiga sho‘ng‘ish orqali forsiy nutq ko‘nikmalarini takomillashtirish

2026-yil 25-mart kuni “Sharq tillari” kafedrasida “Eronda Navro‘z bayramining nishonlanishi” mavzusida interfaol mashg‘ulot bo‘lib o‘tdi. Mazkur mashg‘ulotda fors tilini o‘rganayotgan “Xalqaro huquq” yo‘nalishi 3-bosqich talabalari ishtirok etdilar.
Uchrashuvning asosiy maqsadi bo‘lajak xalqaro huquqshunoslarni Eron xalqining boy madaniy merosi, qadimiy urf-odatlari va milliy qadriyatlari bilan tanishtirishdan iborat bo‘ldi. Shuningdek, lingvistik kompetensiyalarni rivojlantirish: ravon og‘zaki nutq ko‘nikmalarini takomillashtirish va kundalik muloqotda leksik birliklardan to‘g‘ri foydalanishga alohida urg‘u berildi.
| Sana: | 25.03.2026 |
| Ko'rganlar soni: | 1058 |
| Ulashish: |




