
Harbiy-siyosiy diplomatiya fani doirasida sayyor dars mashg‘uloti o‘tkazildi
Harbiy-siyosiy diplomatiya fani doirasida sayyor dars mashg‘uloti o‘tkazildi

Joriy yilning 17-aprel kuni 2-kurs talabalari uchun “Harbiy-siyosiy diplomatiya” fani doirasida Harbiy xavfsizlik va mudofaa universitetiga sayyor dars mashg‘uloti tashkil etildi. Mazkur mashg‘ulot Siyosatshunoslik kafedrasi professor-o‘qituvchilari G. Jumaeva, X. Maratova va K. Davlatovlar rahbarligida yuqori saviyada o‘tkazildi.
Dars jarayonida talabalarga harbiy xavfsizlikni ta’minlashning zamonaviy mexanizmlari, milliy va xalqaro miqyosdagi mudofaa siyosati, geosiyosiy jarayonlarning xavfsizlikka ta’siri hamda harbiy diplomatiyaning o‘rni haqida batafsil ma’lumotlar berildi. Shuningdek, universitet mutaxassislari tomonidan amaliy misollar asosida taqdimotlar tashkil etilib, talabalarning mavzuga oid bilim va ko‘nikmalari yanada mustahkamlandi.
Mashg‘ulot jarayonida talabalar o‘zlarini qiziqtirgan savollar bilan faol ishtirok etib, mutaxassislardan atroflicha javob oldilar. Fikr almashish va muhokama jarayonlari esa tadbirning mazmunan boy va interaktiv ruhda o‘tishiga xizmat qildi. Mazkur sayyor dars talabalarning nazariy bilimlarini amaliy tajriba bilan uyg‘unlashtirish, ularning sohaga oid tasavvurini yanada kengaytirish hamda kasbiy tayyorgarligini mustahkamlashda muhim ahamiyat kasb etdi.




