JIDUda Xalqaro korrupsiya kuniga bag‘ishlangan tadbir bo‘lib o‘tdi

JIDUda Xalqaro korrupsiya kuniga bag‘ishlangan tadbir bo‘lib o‘tdi

    JIDUda Xalqaro korrupsiya kuniga bag‘ishlangan tadbir bo‘lib o‘tdi

    JIDUda Xalqaro korrupsiya kuniga bag‘ishlangan tadbir bo‘lib o‘tdi

    Joriy yilning 3-dekabr kuni Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetida  Xalqaro munosabatlar fakulteti kurs koordinatori G. Mansurova tomonidan 2-kurs talabalari uchun “Xalqaro Korrupsiya kuni va UWED Halollik haftaligi”ga bag‘ishlangan ma’rifiy mashg‘ulot o‘tkazildi.

     Tadbirning asosiy maqsadi talabalarda korrupsiyaga nisbatan murosasiz munosabatni shakllantirish, halollik va adolat tamoyillarining ahamiyatini chuqur anglatish, shuningdek, ularning huquqiy ongini mustahkamlashga qaratildi.

    Mashg‘ulot davomida talabalarga korrupsiyaning xalqaro miqyosdagi oqibatlari, jahon tajribasida qo‘llanilayotgan samarali mexanizmlar, korrupsiyaga qarshi kurashishning huquqiy asoslari hamda yoshlarning ushbu jarayondagi o‘rni haqida batafsil ma’lumot berildi. Xususan, O‘zbekistonning ushbu yo‘nalishdagi strategik islohotlari, so‘nggi yillarda qabul qilingan normativ-huquqiy hujjatlar va halollik siyosati bo‘yicha amalga oshirilayotgan yangiliklar talabalarga keng yoritib berildi.

    Tadbir “Korrupsiyaga qarshi kurash oyligi” doirasida o‘tkazilgani sababli, mashg‘ulotda korrupsiyaga qarshi profilaktika ishlarini kuchaytirish, talabalar orasida halollik madaniyatini targ‘ib qilish bo‘yicha alohida takliflar ham bildirildi. Ayniqsa, talabalarga oliygohda “Aksilkorrupsiya volontyorlari” ijtimoiy harakatini yo‘lga qo‘yish tashabbusi ilgari surildi. Ushbu harakatning asosiy vazifalari sifatida:

    🔹 korrupsiyaga oid holatlarni oldini olishga qaratilgan ma’rifiy tadbirlar tashkil etish,

    🔹 halollik va shaffoflik tamoyillarini keng targ‘ib qilish,

    🔹 talabalar orasida mas’uliyat va fuqarolik hushyorligini oshirish,

    🔹 ta’lim muassasasida halollik muhiti va o‘zaro nazorat tizimini mustahkamlash kabi yo‘nalishlar belgilab berildi.

    Talabalar mazkur tashabbusni katta qiziqish bilan qo‘llab-quvvatladilar va ushbu harakatni fakultet miqyosida samarali amalga oshirish uchun amaliy takliflarini bildirdilar. Mazkur harakat kelgusida UWEDda halollik siyosatini yanada rivojlantirish, korrupsiyaga qarshi ongli immunitetni shakllantirishda muhim platforma bo‘lishi ta’kidlandi.