
JIDUda talaba-qizlar o‘rtasida “Zakovat” intellektual musobaqasi o‘tkazildi
JIDUda talaba-qizlar o‘rtasida “Zakovat” intellektual musobaqasi o‘tkazildi

2026-yil 10-oktabr kuni Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetida Yoshlar ittifoqi ko‘magida hamda O‘zbekiston “Milliy tiklanish” demokratik partiyasi bilan hamkorlikda talaba-qizlar o‘rtasida “Zakovat” intellektual musobaqasi tashkil etildi.
Musobaqani tashkil etishda talaba-qizlar koordinatori Sh. Rahimova, Xalqaro huquq fakulteti koordinatori D. Akbarxo‘jayeva, universitet psixologi N. Norova hamda Xalqaro huquq fakultetining 2-bosqich talabasi H. Yo‘rqulova ishtirok etdilar.
Musobaqada 200 nafar talaba-qiz ishtirok etib, o‘z bilimlari, mantiqiy va tanqidiy fikrlash qobiliyati, topqirligi hamda tezkor qaror qabul qilish ko‘nikmalarini namoyish etdi. Jamoalar o‘rtasida kechgan qizg‘in bellashuv bilim, tahliliy yondashuv, o‘zaro hamkorlik va jamoaviy hamjihatlikni namoyon etish uchun imkoniyat yaratdi.
Musobaqa doirasida talaba-qizlarning intellektual salohiyatini qo‘llab-quvvatlash bilan bir qatorda, hissiy intellekt, samarali muloqot, o‘zaro hurmat va liderlik ko‘nikmalarining ahamiyatiga ham e’tibor qaratildi. Bellashuv jarayoni fikr almashish, o‘z nuqtayi nazarini asoslash va umumiy maqsad yo‘lida hamkorlik qilish madaniyatini namoyon etdi.
Mazkur tashabbus talaba-qizlarning intellektual faolligini qo‘llab-quvvatlash, shaxsiy va ijtimoiy rivojlanish imkoniyatlarini kengaytirish hamda universitetda o‘zaro hurmat va hamkorlikka asoslangan sog‘lom ta’lim muhitini mustahkamlashga xizmat qiladi.
| Sana: | 11.10.2026 |
| Ko'rganlar soni: | 89 |
| Ulashish: |



