JIDUda “Zakovat” intellektual o‘yininig fakultetlararo bosqichi bo‘lib o‘tdi

    Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetida talabalar o‘rtasida intellektual salohiyatni oshirish, yoshlarni mustaqil fikrlashga hamda jamoada ishlash ko‘nikmalarini rivojlantirishga qaratilgan “Zakovat” intellektual o‘yinining fakultetlararo bosqichi bo‘lib o‘tdi.

    Ushbu bosqichda universitetning barcha fakultetlaridan jami 113 ta jamoa faol ishtirok etdi. O‘yin davomida ishtirokchilarga turli yo‘nalishlardagi savollar taqdim etilib, jamoalar aql-zakovat, bilim hamda jamoaviy ishlash qobiliyatlarini namoyish etdilar.

    Bellashuv natijasiga ko‘ra, eng yuqori natija ko‘rsatgan 10 ta jamoa universitet bosqichiga yo‘llanma oldi.

    Tadbir doirasida tashkilotchilar tomonidan yoshlarning intellektual salohiyatini oshirish va ularni faol hayot pozitsiyasiga ega bo‘lishga undash maqsadida qator tashabbuslar ilgari surildi.

    Shuningdek, “Zakovat” o‘yini nafaqat bilimni sinovdan o‘tkazish, balki talabalar o‘rtasida do‘stlik va hamjihatlik muhitini mustahkamlashda muhim ahamiyat kasb etdi.