O‘zbekistonda “Yangi O‘zbekiston talabalari olimpiadasi”ga tantanali ravishda start berildi

O‘zbekistonda “Yangi O‘zbekiston talabalari olimpiadasi”ga tantanali ravishda start berildi

    O‘zbekistonda “Yangi O‘zbekiston talabalari olimpiadasi”ga tantanali ravishda start berildi

    O‘zbekistonda “Yangi O‘zbekiston talabalari olimpiadasi”ga tantanali ravishda start berildi

    6-aprel kuni Olimpiya va Paralimpiya shon-shuhrati muzeyida “Yangi O‘zbekiston talabalari olimpiadasi” sport musobaqalarining tantanali ochilish marosimi yuqori saviyada tashkil etildi.

    Mazkur tadbir talaba-yoshlar o‘rtasida sportni keng targ‘ib etish, ularni jismoniy faollikka jalb qilish hamda sog‘lom turmush tarzini shakllantirish va rivojlantirishga xizmat qiladi. Shu bilan birga, olimpiada doirasida o‘tkazilayotgan musobaqalar yoshlar o‘rtasida do‘stlik, hamjihatlik va sog‘lom raqobat muhitini mustahkamlash, ularning sportga bo‘lgan qiziqishini yanada oshirishga qaratilgan.

    Tantanali ochilish marosimida so‘zga chiqqanlar tomonidan sportning yoshlar hayotidagi o‘rni, uning nafaqat jismoniy, balki ma’naviy-irodaviy fazilatlarni shakllantirishdagi ahamiyati alohida ta’kidlab o‘tildi. Tadbir davomida musobaqalarda ishtirok etuvchi jamoalarga omad tilanib, ularning kelgusida yuksak natijalarga erishishlariga ishonch bildirildi.

    “Yangi O‘zbekiston talabalari olimpiadasi” sport musobaqalarida ishtirok etish uchun Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetidan ERP platformasi orqali jami 7 ta sport turi bo‘yicha 1047 nafar talaba ro‘yxatdan o‘tgan bo‘lib, bu ko‘rsatkich talaba-yoshlarning sportga bo‘lgan yuqori qiziqishini yaqqol namoyon etadi.

    Mazkur olimpiada uch bosqichda tashkil etiladi:

    ·        oliy ta’lim tashkilotlari bosqichi (1–30-aprel);

    ·        hududiy bosqich (1–15-may);

    ·        respublika final bosqichi (1–10-iyun).

    Musobaqalar basketbol 3x3, voleybol, gandbol, yengil atletika, stol tennisi, suzish va futbol kabi 7 ta sport turi bo‘yicha yurtimizdagi davlat, xususiy va xorijiy oliy ta’lim muassasalari talabalari o‘rtasida o‘tkazilishi rejalashtirilgan.

    Mazkur sport musobaqalari talaba-yoshlarning jismoniy salomatligini mustahkamlash, ularning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish hamda sog‘lom va faol hayot tarzini keng targ‘ib etishda muhim ahamiyat kasb etadi.