
JIDU talabalari uchun mahorat darsi tashkil etildi
JIDU talabalari uchun mahorat darsi tashkil etildi

2025-yil 19-noyabr kuni Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetida “Atrof-muhit siyosati” fani doirasida Xalqaro munosabatlar fakultetining 4-bosqich talabalari uchun ochiq mahorat darsi bo‘lib o‘tdi. Tadbir mehmon ma’ruzachi — Jeneva universiteti Xavfsizlik observatoriyasi direktori Ventseslav Sabev tomonidan “Milliy brending — jamoatchilik diplomatiyasining tayanchi: identiklik, qadriyatlar va yumshoq kuch” mavzusida o‘tkazildi.
Mahorat darsining asosiy maqsadi talabalarda zamonaviy jamoatchilik diplomatiyasida milliy brendingning o‘rni hamda davlatning xalqaro imijini shakllantirishdagi ahamiyati haqida chuqurroq tasavvur hosil qilishdan iborat edi.
Tadbir davomida V. Sabev jamoatchilik diplomatiyasi, xalqaro kommunikatsiya va “yumshoq kuch”ning ijobiy milliy qiyofa yaratishdagi roli borasidagi ko‘p yillik tajribasi bilan bo’lishdi. Ma’ruzachi milliy brending va zamonaviy “yumshoq kuch” vositalari o‘rtasidagi uzviy bog‘liqlikni ta’kidlab, davlatning ijobiy imiji tashqi tashabbuslar va xalqaro hamkorlikni mustahkamlashga qanday ta’sir ko‘rsatishini batafsil tushuntirb o’tdilar.
V. Sabev talabalarni faol muloqotga chorlab, global tendensiyalar, diplomatiya dinamikasi va barqaror rivojlanishni ilgari surishda qadriyatlarning o‘rni kabi mavzular yuzasidan fikr almashish imkonini yaratdi.
Bunday tadbirlar JIDUning xalqaro tashkilotlar bilan hamkorligini kengaytirish va xalqaro munosabatlar sohasidagi bo‘lajak mutaxassislarning professional tayyorgarligini oshirishga xizmat qiladi.




