JIDU vakillari Vienada Willem C. Vis xalqaro tijorat arbitraji moot doirasidagi “Pitt Consortium”da ishtirok etdi

JIDU vakillari Vienada Willem C. Vis xalqaro tijorat arbitraji moot doirasidagi “Pitt Consortium”da ishtirok etdi

    JIDU vakillari Vienada Willem C. Vis xalqaro tijorat arbitraji moot doirasidagi “Pitt Consortium”da ishtirok etdi

    JIDU vakillari Vienada Willem C. Vis xalqaro tijorat arbitraji moot doirasidagi “Pitt Consortium”da ishtirok etdi

    Joriy yilning 26–27 mart kunlari Venada xalqaro tayyorgarlik mashg‘ulotlari “Pitt Consortium” bo‘lib o‘tdi. Ushbu tadbir xalqaro tijorat arbitraji sohasidagi eng nufuzli musobaqalardan biri Willem C. Vis International Commercial Arbitration Moot (Vis Moot)ga tayyorgarlik doirasida o‘tkazildi.

    Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti jamoasi, Xalqaro huquq fakulteti talabalari Normuhammatova Aziza, Pardaeva Noila, Shermetov Kamronbek va Raxmatullaeva Aziza tarkibida hamda Fuqarolik huquqi va xalqaro xususiy huquq fanlari kafedrasi professori Imamova Dilfuza birgalikda Pitt Consortiumda ishtirok etdi.

    JIDU jamoasi xalqaro maydonda universitetni munosib tarzda namoyon etib, yuqori darajadagi huquqiy tayyorgarlik, rivojlangan tahliliy fikrlash va og‘zaki advokatsiya ko‘nikmalarini namoyish etdi.

    Mazkur tadbir davomida JIDU jamoasi da’vogar sifatida Sarayevo xalqaro universitet jamoasiga qarshi, shuningdek javobgar sifatida Taras Shevchenko nomidagi Kiyev milliy universiteti jamoasiga qarshi ishtirok etdi.

    Pitt Consortiumda ishtirok etish talabalar uchun muhim kasbiy rivojlanish bosqichi bo‘ldi. Haqiqiy arbitraj jarayonlariga maksimal darajada yaqin sharoitlarda ishtirokchilar huquqiy pozitsiya shakllantirish, dalillarni asoslash va ingliz tilida og‘zaki chiqish qilish ko‘nikmalarini rivojlantirdilar. Tadbir dunyoning yetakchi universitetlari jamoalarini birlashtirib, akademik almashinuv, madaniyatlararo muloqot hamda xalqaro arbitraj sohasida amaliy kompetensiyalarni rivojlantirish uchun noyob platforma yaratdi.

    JIDU jamoasining ushbu tadbirdagi ishtiroki BMTning 16-Barqaror rivojlanish maqsadi “Tinchlik, adolat va samarali institutlar”, xususan 16.3-bandi – huquq ustuvorligini ta’minlash va adolatga teng kirishni ta’minlash, shuningdek 17-Barqaror rivojlanish maqsadi “Barqaror rivojlanish uchun hamkorlik”, ayniqsa 17.6- bandi – fan, texnologiya va innovatsiyalar sohasida xalqaro hamkorlikni rivojlantirish va ularga kirishni kengaytirishga bevosita hissa qo‘shadi. Xususan, olingan bilim va ko‘nikmalar xalqaro huquqiy muhitda samarali faoliyat yurita oladigan professional yuridik hamjamiyatni shakllantirishga xizmat qiladi.