Talabalar turar joyida yoshlarning holidan xabar olindi

Talabalar turar joyida yoshlarning holidan xabar olindi

    Talabalar turar joyida yoshlarning holidan xabar olindi

    Talabalar turar joyida yoshlarning holidan xabar olindi

    Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti Yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha birinchi prorektori Oydin Sultonaliyevna Mannopova universitetning talabalar turar joyiga tashrif buyurib, u yerda istiqomat qilayotgan talabalarning yashash sharoitlari va kundalik hayoti bilan yaqindan tanishdi.

    Tashrif davomida yotoq xonalari, oshxona va umumiy foydalanish joylari ko‘zdan kechirildi. Xonalarning ozodaligi, sanitariya-gigiyena talablariga rioya etilishi, umumiy foydalanish hududlarining tozaligi hamda talabalar uchun yaratilgan shart-sharoitlarga alohida e’tibor qaratildi.

    Shuningdek, talabalarning yashash va dam olish sharoitlari o‘rganildi. Turar joyda tozalik va tartibni saqlash, ichki tartib-qoidalarga rioya qilish hamda yaratilgan imkoniyatlardan oqilona foydalanish muhimligi ta’kidlandi.

    Talabalar turar joyida muntazam ravishda kuzatuv va o‘rganish ishlarini olib borish yoshlar uchun qulay, xavfsiz va ozoda muhit yaratish, mavjud sharoitlarni yanada yaxshilash hamda talabalar farovonligini oshirishda muhim ahamiyatga ega.

    Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetida talabalarning yashash sharoitlarini yaxshilash, ularning manfaatlarini qo‘llab-quvvatlash va munosib sharoitlar yaratish masalalari doimiy e’tiborda.