
ROMANO-GERMAN VA ANGLO-SAKSON HUQUQIDA SHARTNOMA MAJBURIYATLARINI BAJARMAGANLIK UCHUN JAVOBGARLIK BO‘YICHA MASTER-KLASS
ROMANO-GERMAN VA ANGLO-SAKSON HUQUQIDA SHARTNOMA MAJBURIYATLARINI BAJARMAGANLIK UCHUN JAVOBGARLIK BO‘YICHA MASTER-KLASS

Joriy yilning 25-mart kuni Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetida “Xalqaro biznes huquqi” yo‘nalishida tahsil olayotgan magistrantlari uchun “Qiyosiy shartnoma huquqi” fanidan “Romano-german va anglo-sakson huquqida shartnoma majburiyatlarini bajarmaganlik uchun javobgarlik” mavzusida master-klass bo‘lib o‘tdi. Master-klass “Fuqarolik huquqi va xalqaro xususiy huquq fanlari” kafedrasi mudiri Masadikov Sherzodbek hamda mazkur kafedra professori Imamova Dilfuza tomonidan tashkil etildi.
Master-klassni o‘tkazish uchun ingliz shartnoma huquqi sohasida mutaxassis Nosirov Qobiljon taklif etildi.
Master-klass davomida Nosirov Qobiljon ikki huquq tizimida shartnoma majburiyatlari bajarilmagan taqdirda tomonlarning javobgarligini nazarda tutuvchi normalar yuzasidan qiyosiy-huquqiy tahlil o‘tkazdi, shuningdek javobgarlikdan ozod etish asoslari, jumladan fors-major va frustratsiya doktrinasi masalalariga to‘xtalib o‘tdi.
Magistrantlar mazkur mavzuga katta qiziqish bildirdilar, muhokamalarda faol ishtirok etdilar, dolzarb savollar berdilar va ularga mazmunli hamda asoslantirilgan javoblar oldilar.
Mazkur master-klassning o‘tkazilishi Birlashgan Millatlar Tashkilotining 16-Barqaror rivojlanish maqsadi «Tinchlik, adolat va samarali institutlar»ni amalga oshirishga bevosita hissa qo‘shadi, xususan 6.3-vazifa – huquq ustuvorligini ta’minlash va adolatga teng kirishni kafolatlash.
Mazkur master-klass akademik muloqotni rivojlantirish, nazariya va amaliyot o‘rtasidagi hamkorlikni mustahkamlash hamda ta’lim jarayonini takomillashtirishga muhim hissa bo‘ldi.




