
“Mening mahallam — mening faxrim” mavzusi doirasida uchrashuv tashkil etildi
“Mening mahallam — mening faxrim” mavzusi doirasida uchrashuv tashkil etildi

Joriy yilning 3-aprel kuni Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti professor-o‘qituvchilari M.Аbduraxmonova va X.Maratovalar Mirzo Ulug‘bek tumanidagi “Humoyun” mahallasiga tashrif buyurishdi. Tashrif “Mening mahallam — mening faxrim” loyihasi doirasida tashkil etilib, unda mahalla faollari, yoshlar hamda nuroniylar, jumladan MFY raisi А.E.Djalolov, MFY hokim yordamchisi M.Miraxmedov, xotin-qizlar faoli А.Maxmutova, Yoshlar yetakchisi D.Umarov, Profilaktika inspektori F.Sayitov va mahalla faol fuqarolari qatnashdi.
Uchrashuv davomida professor-o‘qituvchilar tomonidan jamiyatda mahallaning o‘rni, yoshlar tarbiyasi, vatanparvarlik ruhini mustahkamlash hamda ijtimoiy faollikni oshirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi. Shuningdek, tadbir davomida yoshlar bilan ochiq muloqot o‘tkazilib, ularning taklif va tashabbuslari tinglandi. Xususan, universitet talabasi Razakova Sabina tomonidan loyiha doirasida tayyorlangan taqdimot namoyish etilib, unda mahallaning bugungi holati, mavjud muammolar va ularni bartaraf etish bo‘yicha takliflar bayon qilindi. Mahalla aholisini birlashtirish, hududni yanada obod qilish hamda ijtimoiy loyihalarni rivojlantirish bo‘yicha fikr almashildi.
Mazkur tashrif mahalla hayotini yanada jonlantirish, aholi o‘rtasida hamjihatlikni mustahkamlash va yoshlarni ijtimoiy faollikka undashda muhim ahamiyat kasb etadi.




