
JIDU talabasi xalqaro olimpiadada g‘olib bo‘ldi
JIDU talabasi xalqaro olimpiadada g‘olib bo‘ldi

O‘zbek va rus tillari kafedrasi o‘qituvchisi K.I.Isroilova rahbarligida JIDU Xalqaro munosabatlar fakulteti 1-bosqich talabasi Xolova Mo‘tabar 2023-yil 16-oktabrdan 19-noyabr kuniga qadar Sankt-Peterburg davlat universitetida o‘smirlar o‘rtasida rus tili bo‘yicha bo‘lib o‘tgan (12-17 yosh) IV Xalqaro olimpiadada ishtirok etib, faxrli uchinchi oʻrinni egalladi.
U olimpiada sovrindori sifatida diplom bilan taqdirlandi. Shuningdek, JIDU rus tili o‘qituvchisi K.I.Israilova ham 18-35 yoshlar o‘rtasida o‘tkazilgan olimpiadada ishtirok etib, 8770 xorijlik ishtirokchilar orasida g‘olib bo‘lib, faxrli birinchi o‘rinni egalladi.
K.I.Isroilovaga Sankt-Peterburg davlat universitetining rus tili bo‘yicha IV Xalqaro olimpiadasi g‘olibi sifatida Sankt-Peterburg davlat universitetida rus tilidan o‘tkaziladigan davlat testidan bepul o‘tish imkoniyatini beruvchi vaucheri berildi.
G‘oliblarimizni ushbu muvaffaqiyat bilan tabriklaymiz!
| Sana: | 10.12.2023 |
| Ko'rganlar soni: | 5124 |
| Kategoriya: | Xalqaro munosabatlar |
| Ulashish: |




