JIDU professor-o‘qituvchilari “Saodat” jurnalining 100 yilligiga bag‘ishlangan tadbirda ishtirok etishdi

JIDU professor-o‘qituvchilari “Saodat” jurnalining 100 yilligiga bag‘ishlangan tadbirda ishtirok etishdi

    JIDU professor-o‘qituvchilari “Saodat” jurnalining 100 yilligiga bag‘ishlangan tadbirda ishtirok etishdi

    JIDU professor-o‘qituvchilari “Saodat” jurnalining 100 yilligiga bag‘ishlangan tadbirda ishtirok etishdi

    Joriy yilning 15-dekabr kuni xotin-qizlarning ma’naviy-ma’rifiy hayotida alohida o‘rin tutib, ko‘p yillar davomida ularning huquqiy ongi va ijtimoiy faolligini oshirishga xizmat qilib kelayotgan “Saodat” jurnalining tashkil etilganiga 100 yil to‘lishiga bag‘ishlangan keng ko‘lamli ma’naviy-ma’rifiy tadbir bo‘lib o‘tdi. Ushbu nufuzli tadbirda JIDU Xotin-qizlar masalalari bo‘yicha maslahat kengashi raisi, siyosiy fanlar doktori, professor E.S.Sultanova hamda “Xalqaro huquq” fakulteti Xotin-qizlar masalalari bo‘yicha maslahat kengashi a’zosi, yuridik fanlar bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent M.N.Mirxamidova faol ishtirok etdi.

    Tadbir davomida “Saodat” jurnalining bir asrlik tarixi hamda uning o‘zbek jamiyatida xotin-qizlar savodxonligini oshirish, ularning huquq va qonuniy manfaatlarini himoya qilish, shuningdek, ijtimoiy-siyosiy hayot va davlat boshqaruvi tizimidagi ishtirokini kengaytirishga qo‘shgan hissasi alohida qayd etildi. Jurnal sahifalarida e’lon qilinayotgan ijtimoiy-siyosiy, huquqiy, ma’naviy-axloqiy va madaniy materiallar xotin-qizlarning dunyoqarashi, qadriyatlari hamda fuqarolik pozitsiyasini shakllantirishda muhim ahamiyat kasb etishi ta’kidlandi.

    Shuningdek, tadbir ishtirokchilari globallashuv sharoitida xotin-qizlar ahvolini yoritishda ommaviy axborot vositalarining, xususan, an’anaviy bosma nashrlarning o‘rni, ularning zamonaviy axborot makonidagi mavqeyi, qolaversa, yosh avlodni tarbiyalash va uning ijtimoiy faolligini rag‘batlantirishda medianing mas’uliyati kabi masalalarni muhokama qildilar.

    JIDU vakillarining mazkur tadbirdagi ishtiroki universitet tomonidan xotin-qizlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, ularning ilm-fan, ta’lim va ijtimoiy hayotdagi faolligini oshirish borasida olib borilayotgan izchil ishlarning mantiqiy davomi ekani alohida ta’kidlandi. Bu, o‘z navbatida, jamiyatda gender tengligini ta’minlash va xotin-qizlar salohiyatini ro‘yobga chiqarishda oliy ta’lim muassasalarining o‘rni muhim ekanini yaqqol namoyon etdi.

    O‘tkazilgan tadbir BMTning Barqaror rivojlanish maqsadlari, avvalo, BRM 5 “Gender tengligi” (xotin-qizlarning huquq va imkoniyatlarini kengaytirish hamda ularning yetakchiligini qo‘llab-quvvatlash), BRM 4 “Sifatli ta’lim” (ma’rifat orqali huquqiy va fuqarolik savodxonligini oshirish), shuningdek, BRM 16 “Tinchlik, adolat va samarali institutlar” (huquqiy madaniyatni mustahkamlash, inson huquqlari va fuqarolik mas’uliyatiga hurmatni kuchaytirish) bilan hamohangdir.

    Tadbir so‘ngida “Saodat” jurnali tahririyati va ijodiy jamoasiga milliy qadriyatlar hamda zamonaviy taraqqiyot tamoyillarini uyg‘unlashtirgan holda xotin-qizlar hayotiga oid dolzarb masalalarni yoritishda ulkan ijodiy muvaffaqiyatlar tilanib, samimiy tabriklar izhor etildi.