JIDUda “Zakovat” intellektual o‘yini ilk bor ingliz tilida o‘tkazildi

JIDUda “Zakovat” intellektual o‘yini ilk bor ingliz tilida o‘tkazildi

    JIDUda “Zakovat” intellektual o‘yini ilk bor ingliz tilida o‘tkazildi

    JIDUda “Zakovat” intellektual o‘yini ilk bor ingliz tilida o‘tkazildi

    Joriy yilning 4-aprel kuni Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetida mamlakatimizda intellektual salohiyatni rivojlantirishga xizmat qiluvchi “Zakovat” intellektual o‘yinining universitet bosqichi ilk bor ingliz tilida tashkil etildi. Mazkur musobaqada jami 20 ta jamoa qatnashib, eng yuqori natija qayd etgan jamoalar keyingi bosqichga yo‘l oldi.

    “Zakovat” o‘yinining ingliz tilida o‘tkazilishi talabalar bilimini oshirish barobarida, ularning til ko‘nikmalari, analitik fikrlash, tezkor qaror qabul qilish va jamoaviy ishlash qobiliyatlarini yanada rivojlantirishга xizmat qildi. Shuningdek, o‘yin ishtirokchilarni mantiqiy fikrlash, strategik yondashuv va axborot bilan ishlash mahoratini mustahkamlashga undadi.

    Tadbir davomida musobaqaning ilmiy va tarbiyaviy ahamiyati alohida ta’kidlanib, kelgusida intellektual loyihalarni kengaytirish, yoshlarning bilim salohiyatini oshirish va xorijiy til kompetensiyalarini rivojlantirish bo‘yicha tavsiyalar berildi.

    Ingliz tilida o‘tkazilgan ushbu “Zakovat” bosqichi nafaqat talabalarning bilimga bo‘lgan qiziqishini kuchaytirdi, balki universitetda sog‘lom raqobat, erkin fikrlash va ijodiy muhitni shakllantirishda ham muhim qadam bo‘ldi.