
JIDU Yuridik klinikasida jinoyat sud jarayoni simulyatsiyasi shaklida amaliy seminar mashg‘uloti o‘tkazildi
JIDU Yuridik klinikasida jinoyat sud jarayoni simulyatsiyasi shaklida amaliy seminar mashg‘uloti o‘tkazildi

Xalqaro huquq va ommaviy huquq fanlar kafedrasi o‘qituvchisi Naubahar Uzakbayeva tomonidan Xalqaro huquq fakultetining 2-bosqich talabalari bilan “Jinoyat-protsessual huquq” fani doirasida JIDU Yuridik klinikasida jinoyat sud jarayoni simulyatsiyasi shaklida amaliy seminar mashg‘uloti o‘tkazildi.
Mashg‘ulot davomida 2026-yil 25-fevral kuni Toshkent shahrida 2010-yilda tug‘ilgan voyaga yetmagan bola YPX inspektorini urib ketgan real voqea misolida ko‘rib chiqilib, dastlabki sud qarori tahlil qilindi. Shuningdek, talabalar tomonidan tayyorlangan sud ishi ham muhokama qilinib, batafsil tahlil etildi.




