
JIDU rektori “Markaziy Osiyo – Yevropa ittifoqi” birinchi parlamentlararo hamkorlik forumida ishtirok etmoqda
JIDU rektori “Markaziy Osiyo – Yevropa ittifoqi” birinchi parlamentlararo hamkorlik forumida ishtirok etmoqda

Samarqand shahrida “Markaziy Osiyo – Yevropa ittifoqi” birinchi parlamentlararo hamkorlik forumi o‘z ishini boshladi. Unda Oliy Majlis Senati Raisining birinchi o‘rinbosari, Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti rektori Sodiq Safoyev ishtirok etmoqda.
Xalqaro muloqotda O‘zbekiston, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston, Turkmaniston parlamentlari vakillari, Yevroparlament a’zolari, ekspertlar, xalqaro tashkilotlar, fuqarolik jamiyati, akademik doiralar hamda biznes vakillari qatnashmoqda.
Forum doirasida zamonaviy siyosiy muloqotning holati va uning kelgusi istiqbollari, “yashil” transformatsiya, iqtisodiy o‘zaro bog‘liqlik, raqamli makonda xavfsizlik, inklyuziv boshqaruv va parlament diplomatiyasining zamonaviy ahamiyati kabi dolzarb masalalarga bag‘ishlangan muhim sessiyalar bo‘lib o‘tadi.
Ta’kidlash joizki, mazkur tashabbus davlatimiz rahbari tomonidan 2025-yil 4-aprelda bo‘lib o‘tgan “Markaziy Osiyo – Yevropa ittifoqi” sammitida ilgari surilgan edi.




