Birinchi bosqich talabalari dolzarb ekologik muammolarga bag‘ishlangan loyihalarni taqdim etdilar

    Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetida (JIDU) birinchi bosqich talabalari ishtirokida dolzarb ekologik muammolarga bag‘ishlangan loyiha tashkil etildi.

    Loyiha doirasida talabalar turli ekologik muammolarni o‘rganib, o‘z tadqiqotlari va xulosalarini ingliz tilida yorituvchi ijodiy posterlar tayyorladilar. Taqdimotlarda plastik chiqindilarning atrof-muhitga ta’siri, havo ifloslanishi, beton va qurilish materiallarining ekologik oqibatlari hamda bakteriyalarning tabiatni muhofaza qilishdagi o‘rni kabi mavzular qamrab olindi.

    Mazkur tashabbus Ingliz tili kafedrasi o‘qituvchisi Shohsanam Usmanova tomonidan tashkil etilib, u loyiha jarayonida talabalarga yo‘l-yo‘riq ko‘rsatdi hamda ekologik masalalarga ilmiy izlanish, ijodkorlik va tanqidiy fikrlash orqali yondashishga undadi.

    Taqdimotlar davomida talabalar ekologik muammolarning kelib chiqish sabablari, ularning inson salomatligi va tabiatga ta’siri hamda mumkin bo‘lgan yechimlarni muhokama qildilar. O‘z fikrlarini vizual materiallar, tadqiqot natijalari va amaliy takliflar orqali namoyish etdilar.

    Loyiha talabalarning ekologik xabardorligini oshirish, tadqiqotchilik, jamoada ishlash, tanqidiy fikrlash va ingliz tilida taqdimot qilish ko‘nikmalarini rivojlantirishga xizmat qildi. Shuningdek, u har bir insonning shaxsiy mas’uliyati va yoshlarning toza hamda barqaror kelajakni yaratishdagi hissasi muhimligini ta'kidladi.