
JIDUda “Barqaror ruhiyatda – tashabbus – harakat – muvaffaqiyat – barqaror rivojlanish sari” mavzusida haftalik seminar-trening va ochiq davra suhbatlari bo‘lib o‘tdi
JIDUda “Barqaror ruhiyatda – tashabbus – harakat – muvaffaqiyat – barqaror rivojlanish sari” mavzusida haftalik seminar-trening va ochiq davra suhbatlari bo‘lib o‘tdi

Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetida Barqaror rivojlanish maqsadlari (BRM) doirasida talabalarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish hamda ularning intellektual va psixologik salohiyatini oshirishga qaratilgan ijtimoiy-psixologik tadbir tashkil etildi.
Universitet psixologi N. Norova va kurs koordinatori hamkorligida o‘tkazilgan seminar-trening hamda davra suhbatlari “Barqaror ruhiyatda – tashabbus – harakat – muvaffaqiyat – barqaror rivojlanish sari” mavzusiga bag‘ishlandi.
Tadbirda psixolog globallashuv davrida bo‘lajak diplomatlar uchun nafaqat akademik bilim, balki kuchli iroda va doimiy o‘z ustida ishlash ko‘nikmasi hayotiy zarurat ekanligi, shuningdek, tashabbus va harakatning ahamiyati haqida to‘xtalib o‘tdi.
Tadbirning asosiy maqsadlari:
Psixologik barqarorlik – murakkab vaziyatlarda to‘g‘ri qaror qabul qilish va stressga chidamlilik qobiliyatini shakllantirish;
Maqsadli rivojlanish – shaxsiy rivojlanish rejasini tuzish va unga qat’iy amal qilish;
Tashabbuskorlikni oshirish – barqaror rivojlanish yo‘lida faollikni rag‘batlantirish;
Interaktiv muloqot va samimiy muhit yaratish.
Seminar-trening va davra suhbatlari an’anaviy formatdan farqli ravishda jonli savol-javob va interaktiv metodlar asosida tashkil etildi. Psixolog tomonidan o‘tkazilgan maxsus treninglar talabalarga ichki qo‘rquvlarini yengish, barqaror ruhiyatda bo‘lish va yangi marralarga intilishda kuchli motivatsiya berdi.
“Diplomat bo‘lish – avvalo ijtimoiy-psixologik barqarorlikdan boshlanadi. Ushbu psixologik tadbirlar talabalarda psixologik jarayonlarni qayta tahlil qilish va kelajak sari dadil qadam tashlash uchun katta turtki bo‘ldi”, – deydi talabalardan biri.




