JIDU talabalari O‘zbekistondagi Grek milliy madaniy markaziga tashrif buyurdilar

JIDU talabalari O‘zbekistondagi Grek milliy madaniy markaziga tashrif buyurdilar

    JIDU talabalari O‘zbekistondagi Grek milliy madaniy markaziga tashrif buyurdilar

    JIDU talabalari O‘zbekistondagi Grek milliy madaniy markaziga tashrif buyurdilar

    2026-yil 29-mart kuni Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti talabalari Ingliz tili kafedrasi o‘qituvchilari Voxidova N.N., Abdullayeva L.A., Muratova M.S. hamda Fulbright ETA dasturi sovrindori Taylor Nauflett bilan birgalikda Toshkent shahrida joylashgan O‘zbekistondagi Grek milliy madaniy markaziga tashrif buyurib, Gretsiya Mustaqillik kuniga bag‘ishlangan tantanali tadbirda ishtirok etdilar.

    Tashrif chog‘ida markaz raisi Konstantinos Politis mehmonlarni samimiy kutib olib, ushbu tadbir Yunoniston Mustaqillik kuni munosabati bilan tashkil etilganini ta’kidladi. Shuningdek, u Markaziy Osiyoda ellinizm tarixi haqida batafsil so‘z yuritib, uning mintaqa madaniyati va tiliga ko‘rsatgan ta’siri, shuningdek, xalqlar o‘rtasidagi madaniy almashinuv jarayonlari haqida qiziqarli ma’lumotlar berdi.

    Tadbir Gretsiyaning O’zbekistondagi elchisi Paraskevi Tzevelek tomonidan ochib berildi. Tadbir davomida yunon milliy raqslari va qo‘shiqlari ijro etildi, vatanparvarlik ruhidagi she’rlar o‘qildi. Shuningdek, qadimgi yunon adabiyotining nodir namunasi — Gomerning “Iliada” asari asosida sahnalashtirilgan Odisseyning sarguzashtlari tadbir mehmonlariga namoyish etildi.

    Tashrif davomida talabalar yunon madaniyatining shakllanish bosqichlari, uning jahon sivilizatsiyasidagi o‘rni hamda milliy urf-odatlari haqida batafsil ma’lumot oldilar. Uchrashuv talabalarda katta qiziqish uyg‘otib, ularda boshqa xalqlar madaniyatiga nisbatan hurmat va qiziqishni yanada mustahkamladi.

    Ko‘plab talabalar uchun bu kabi madaniy muhit bilan yaqindan tanishish yangi tajriba bo‘ldi. Mazkur tashrif talabalarning dunyoqarashini kengaytirish, madaniyatlararo muloqotni rivojlantirish hamda ularning umumiy madaniy saviyasini oshirishda muhim ahamiyat kasb etdi.