JIDU talaba qizlari “Ilmdan biznesgacha” seminar-treningida ishtirok etdilar

    Joriy yilning 26-mart sanasida Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti talaba qizlari INNO innovatsion o‘quv va ishlab chiqarish texnoparkida tashkil etilgan ‘’Ilmdan-biznesgacha’’ talaba ayollar uchun loyihalarini tijoratlashtirish boyicha seminar- treningga tashrif buyurishdi. Tadbirda mutaxassislar tomonidan startap loyihalarni yaratish, biznes reja tuzish, bozorni tahlil qilish va marketing strategiyalarini ishlab chiqish bo‘yicha muhim tavsiyalar berildi.

    Seminar davomida ishtirokchilar o‘z g‘oyalarini taqdim etish, jamoa bilan ishlash hamda muammolarga kreativ yechim topish bo‘yicha amaliy mashg‘ulotlarda faol ishtirok etdilar. Shuningdek, hayotiy biznes misollari asosida muvaffaqiyatga erishish yo‘llari keng yoritib berildi.

    Tadbir yakunida talaba qizlar o‘zlarini qiziqtirgan savollar bilan murojaat qilib, mutaxassislardan batafsil javoblar oldilar. Seminar-trening yuqori saviyada va ko‘tarinki ruhda o‘tkazilib, ishtirokchilarda katta taassurot qoldirdi.