Qayta o'qishi va akademik qarzdorlik tartibi qanday tashkil etilgan?

Qayta o'qishi va akademik qarzdorlik tartibi qanday tashkil etilgan?

    Qayta o'qishi va akademik qarzdorlik tartibi qanday tashkil etilgan?

    Qayta o'qishi va akademik qarzdorlik tartibi qanday tashkil etilgan?

    Ijtimoiy tarmoqlarda universitetda baholash tizimi va akademik qarzdorlikni bartaraf etish tartibi yuzasidan tarqalgan murojaat yuzasidan quyidagilar maʼlum qilinadi.

    Universitetda taʼlim jarayoni, jumladan, qayta o'qish tizimi, baholash mezonlari hamda akademik qarzdorlikni bartaraf etish tartibi amaldagi normativ-huquqiy hujjatlar va universitetning Akademik nizomiasosida tashkil etiladi.

    Baholash jarayoni talabalarning bilim, koʻnikma va kompetensiyalarini xolis baholash tamoyillariga asoslanadi. Barcha talabalar uchun baholash mezonlari va qayta topshirish tartiblari oʻquv jarayoni boshida eʼlon qilinib, ularga bir xil tartibda qoʻllaniladi.

    Shu bilan birga, universitet taʼlim jarayonini takomillashtirish, talabalar uchun yanada qulay va samarali akademik muhitni shakllantirish maqsadida ularning taklif va mulohazalarini muntazam oʻrganib boradi. Ijtimoiy tarmoqlarda bildirilgan fikrlar ham belgilangan tartibda koʻrib chiqilib, amaldagi tartiblarni yanada takomillashtirish imkoniyatlari yuzasidan tahlil qilinadi.

    Universitet taʼlim sifati, akademik halollik va baholashning shaffofligini taʼminlashni oʻz faoliyatining ustuvor yoʻnalishlaridan biri sifatida davom ettiradi.