Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetida “Saylov tizimi” mavzusida ma’ruza o‘tkazildi

    2026-yilning 25-mart kuni Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetining “Xalqaro huquq” fakulteti 1-bosqich talabalari uchun O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi huzuridagi Saylov qonunchiligi va zamonaviy texnologiyalar bo‘yicha o‘quv markazi mutaxassislari — markaz direktori Hasanov Shavkatbek Xaybatullayevich hamda yetakchi maslahatchi Abduvoitov Sirojiddin Hikmatullayevich ishtirokida “Saylov tizizmi” mavzusida ma’ruza bo‘lib o‘tdi

    Ochiq dars davomida talabalarga mamlakatimizda amalga oshirilayotgan konstitutsiyaviy islohotlar, saylov qonunchiligidagi yangiliklar, shuningdek zamonaviy saylov tizimining huquqiy asoslari haqida atroflicha ma’lumotlar berildi. Xususan, taqdim etilgan materiallar asosida yangi saylov tizimiga o‘tishning dolzarb jihatlari va amaliyotdagi ahamiyati tushuntirib o‘tildi.

    Dars interaktiv shaklda tashkil etilib, talabalar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga batafsil javob oldilar. Ushbu tadbir talabalarning nazariy bilimlarini mustahkamlash va amaliy ko‘nikmalarini rivojlantirishda muhim ahamiyat kasb etdi.