
JIDU Yuridik klinikasi vakillari inklyuziv huquqiy yordamga bag‘ishlangan yozgi maktabda ishtirok etmoqda
JIDU Yuridik klinikasi vakillari inklyuziv huquqiy yordamga bag‘ishlangan yozgi maktabda ishtirok etmoqda

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tashabbusi bilan amalga oshirilayotgan “Dolzarb 90 kun” loyihasi doirasida 2026-yil 23–26-iyun kunlari Toshkent viloyatidagi “Pyramids Resort” majmuasida, “Nogironligi bo‘lgan shaxslarning huquqlarini ta’minlashda yuridik klinikalarning roli: amaliy ko‘nikmalar, ijtimoiy himoya va inklyuziv yondashuv” mavzusida tashkil etilgan mazkur yozgi maktabda Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti huzuridagi Yuridik klinika a’zolari Murodbek Egamqulov va Samira Xudjamova ishtirok etmoqda.
Yozgi maktabning asosiy maqsadi nogironligi bo‘lgan shaxslarning huquq va qonuniy manfaatlarini himoya qilish, ularga sifatli yuridik yordam ko‘rsatish hamda bu borada yuridik klinikalarning amaliy imkoniyatlarini kengaytirishdan iborat. Mashg‘ulotlar davomida ijtimoiy himoya mexanizmlarini takomillashtirish, inklyuziv yondashuvni huquqiy amaliyotga tatbiq etish va aholining ehtiyojmand qatlamlari bilan samarali ishlash masalalari muhokama qilinmoqda.
Shuningdek, ishtirokchilar amaliy mashg‘ulotlar, muhokamalar va tajriba almashish jarayonida huquqiy maslahat berish, murojaatlarni tahlil qilish, muammolarga huquqiy yechim topish hamda nogironligi bo‘lgan shaxslar bilan ishlash bo‘yicha kasbiy bilim va ko‘nikmalarini mustahkamlamoqda.




