JIDUda Hindiston Xalqaro menejment tadqiqotlari markazi direktorining mahorat darsi bo‘lib o‘tdi

    2026-yil 19-mart kuni Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetida (JIDU) Hindiston Xalqaro menejment tadqiqotlari markazi direktori, professor Ramakant Dvivedi ishtirokida “Til — madaniyat ko‘zgusi” mavzusida mahorat darsi bo‘lib o‘tdi. Tadbirda hind tilini o‘rganayotgan 2 va 3-kurs talabalari ishtirok etdilar.

    Mahorat darsi tilning muloqot, bilish va madaniyatni saqlashning asosiy vositasi ekanligiga bag‘ishlandi. Ramakant Dvivedi talabalarni hind tili tarixi bilan tanishtirib, zamonaviy raqamli dunyoda tilning kommunikativ, madaniy va ma’rifiy ahamiyatini alohida ta’kidladi. Talabalar Hindistonning taniqli shoirlari she’rlarini hind tilida o‘qib berib, o‘rganilayotgan tilga bo‘lgan ehtirom va mas’uliyatni namoyish etdilar.

    Tadbir yakunida til milliy qadriyatlarni avloddan-avlodga o‘tkazuvchi vosita hamda kasbiy faoliyatda nutq madaniyatining asosi ekanligi qayd etildi. Mahorat darsi yakunida o‘tkazilgan interaktiv so‘rovnoma tinglovchilarning yuqori qiziqishini va mavzuning amaliy ahamiyatini ko‘rsatdi. Tadbir yakunida ishtirokchilar muvaffaqiyatli kasbiy faoliyat uchun ikkinchi xorijiy tilni o‘rganish zarurligini yana bir bor tasdiqladilar.