JIDU jamoasi matematika bo‘yicha xalqaro talabalar olimpiadasi sovrindori

JIDU jamoasi matematika bo‘yicha xalqaro talabalar olimpiadasi sovrindori

    JIDU jamoasi matematika bo‘yicha xalqaro talabalar olimpiadasi sovrindori

    JIDU jamoasi matematika bo‘yicha xalqaro talabalar olimpiadasi sovrindori

    Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti jamoasi  Novosibirsk davlat universiteti (Rossiya) tomonidan matematika fanidan o’tkaziladigan “Sibirian Mathematical Contest” xalqaro ochiq talabalar olimpiadasida ishtirok etdi. Mazkur olimpiada nufuzli xalqaro matematika musobaqalaridan biri bo‘lib, har yili dunyoning yetakchi oliy ta’lim muassasalarida tahsil olayotgan talabalarni birlashtiradi.

    JIDU jamoasi “Xalqaro iqtisodiyot va menejment” fakultetining 1-bosqichida tahsil olayotgan to‘rt nafar talabasidan iborat bo‘ldi. Jamoaga “Tizimli tahlil va matematik modellashtirish” kafedrasi katta o‘qituvchisi Turdiyev Shodmon Rozimurotovich rahbarlik qildi hamda ishtirokchilarga akademik va tashkiliy jihatdan ko‘mak ko‘rsatdi.

    Olimpiadada ishtirok etish talabalar uchun fundamental matematik tayyorgarlik darajasini namoyish etish, murakkab olimpiada masalalarini yechish bo‘yicha tajriba orttirish, shuningdek, xalqaro akademik va professional aloqalarni kengaytirish imkonini berdi.

    Olimpiada yakunlariga ko‘ra rasmiy natijalar e’lon qilindi va ular asosida JIDU jamoasi yuqori va raqobatbardosh natijalarni qayd etdi. Abdulhamidov Izzatbek kumush medal bilan taqdirlandi, jamoaning yana uch nafar a’zosi — Egamberdiyev Maqsadbek, Baxtiyorov Nurbek va Erkinov Behruzbekbronza medallarini qo‘lga kiritdi. Bundan tashqari, JIDU jamoasi jamoaviy hisobda bronza medal bilan ham taqdirlandi, bu esa jamoaning uyg‘un ishlashi va barqaror umumiy natijasidan dalolat beradi.

    Qo‘lga kiritilgan yutuqlar JIDU talabalari matematik tayyorgarligining yuqori darajada ekanini, “Tizimli tahlil va matematik modellashtirish” kafedrasi faoliyatining samaradorligini, shuningdek, birinchi bosqich talabalari uchun xalqaro akademik va olimpiada formatlarida erta ishtirok etishning muhimligini tasdiqlaydi. Ishtirokchilar va jamoa rahbarini muvaffaqiyatli ishtirok bilan tabriklaymiz hamda ularga o‘qish va ilmiy faoliyatlarida yanada katta yutuqlar tilaymiz.