
JIDUda Barqaror rivojlanish maqsadlari doirasida shartnomalarga bag‘ishlangan mahorat darsi o‘tkazildi
JIDUda Barqaror rivojlanish maqsadlari doirasida shartnomalarga bag‘ishlangan mahorat darsi o‘tkazildi

Barqaror rivojlanish maqsadlarini amalga oshirish doirasida va talabalarning fuqarolik munosabatlarda bilimlarini oshirish maqsadida joriy yilning 18-mart kuni Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetida mahorat darsi o‘tkazildi.
Darsda “Capstone and Legal Partners” advokatlik firmasi advokat yordamchilari Amirbek Aymuratov va Iqlasbay Amanbayev shuningdek, “Fuqarolik huquqi va xalqaro xususiy huquq fanlari” kafedrasi mudiri Sherzodbek Masadikov, kafedra professori Nargiza Doroyevna hamda kafedra o‘qituvchisi Shohrux Umirzoqov hamda “Xalqaro huquq” fakultetining 2-bosqich talabalari ishtirok etdi.
Mahorat darsi davomida amaliyotchilardan fuqarolik munosabatlarida pudrat shartnomalari va ularning o`ziga hosligi haqida o‘z fikrlarini bildirdilar. Talabalar muhokama qilingan mavzularga katta qiziqish bildirib, shartnomaning asosiy bandlarini aniqlash, majburiyatlarni belgilash, javobgarlikni isbotlashga oid o`ziga xos jihatlari bo‘yicha turli savollar berib, mutaxassislardan batafsil javoblar oldilar.
Ushbu mahorat darsi Barqaror rivojlanishning 16-maqsadi – “Barqaror rivojlanish maqsadlari yo‘lida tinchliksevar va ochiq jamiyatlar barpo etilishiga ko‘maklashish, barcha uchun odil sudlov imkoniyatidan foydalanishni ta’minlash va barcha darajalarda samarali, hisobdor va keng ishtirokka asoslangan muassasalarni tashkil etish”, xususan, 16.3 band – “Qonun ustuvorligiga koʻmaklashish hamda barcha uchun odil sudlovdan foydalanish boʻyicha teng imkoniyatlarni taʼminlash” va 16.7 band – “Boshqaruvning barcha bosqichlarida qarorlarni tayyorlash va qabul qilish jarayonida fuqarolar, tadbirkorlik subyektlari hamda fuqarolik jamiyati tashkilotlarining ishtirokini kengaytirish” tamoyillariga mos keladi.
| Sana: | 18.03.2026 |
| Ko'rganlar soni: | 36 |
| Ulashish: |




