
JIDU “Zakovat” jamoasi faxrli 3-o‘rinni egallab Respublika bosqichga yo‘llanma oldi
JIDU “Zakovat” jamoasi faxrli 3-o‘rinni egallab Respublika bosqichga yo‘llanma oldi

Oliy ta’lim muassasalarida iqtidorli yoshlarning mantiqiy bilimlarini oshirish, ularni saralash o‘yinlariga keng jalb qilish, ushbu o‘yinlar tashkil qilinishini davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash va zarur shart-sharoitlar yaratish, shuningdek, aholining intellektual salohiyatini yuksaltirish maqsadida joriy yilning 21-noyabr sanasida “Intellektual olimpiada”ning Toshkent shahridagi hududiy saralash bosqichi bo‘lib o‘tdi.
Mazkur tanlov O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi hamda “Zakovat intellektual klubi” nodavlat notijorat tashkiloti tashabbusi bilan tashkil etilgan bo‘lib, u yoshlarning bilim darajasini oshirish, intellektual salohiyatini yuzaga chiqarish hamda ijtimoiy faolligini rag‘batlantirish maqsadida o‘tkazildi.
Toshkent shahri hududi saralash bosqichida 42 ta turli nufuzli oliy ta’lim muassasalari talabalari ishtirok etdi.
Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti Zakovat terma jamoasi ushbu saralashda ishonchli ishtirok etib, faxrli 3-o‘rinni qo‘lga kiritdi va Respublika bosqichga yo‘llanma oldi.
Bu yuksak natija – Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti talabalarining intellektual salohiyati, izchil mehnati va jamoaviy harakati natijasidir.
Universitet jamoasi nomidan musobaqada muvaffaqiyatli ishtirok etgan barcha talaba-yoshlarimizni chin dildan tabriklaymiz! Ularning kelgusida ham shunday yuksak marralarni zabt etishiga tilakdoshmiz.
| Sana: | 22.11.2025 |
| Ko'rganlar soni: | 64 |
| Ulashish: |




